Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 3 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIMNING BIR ISH KUNI

×

 2021-09-22 19:52:36    99

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov rahbarligida “Aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini mutlaqo yangicha tashkil qilish chora-tadbirlari” yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi. Tuman hokimi tomonidan mas’ul rahbarlarga aholi murojaatlari bilan ishlashda davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan tizim asosida har-bir murojaatda ko‘tarilgan muammolarni manzilli o‘rganish va ijobiy hal etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Mahalla fuqarolar yig‘inlarida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari o‘rganilib, mas’ul rahbarlarga obodonlashtirish ishlarini sifatli va qisqa muddatlarda yakunlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.


Tumanda aholi tomorqalaridan samarali foydalanish hamda aholi daromadlarini oshirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ham o‘rganildi. Mas’ul rahbarlarga tomorqadan samarali foydalanishni tizimli tashkil etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.


Tuman Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 10-umumta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligi sayloviga munosib tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. Muassasada mavjud muammo va kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan mas’ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.


7-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida “Obod qishloq” Dasturi asosida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi. Mutasaddi rahbarlarga qurilish ishlarini qisqa muddatlarda yakunlash hamda foydalanishga topshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Tadbirkor Gʻ.To‘ychiyev tomonidan “Katta beshkapa” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida qurilish materiallari ishlab chiqarish syexi tashkil etilgan bo‘lib, tuman rahbari ushbu syexda ishchilarga yaratilgan shart-sharoitlar hamda ishlab chiqarilayotgan qurilish materiallari sifati bilan tanishdi. Tadbirkorga ishlab chiqarilayotgan maxulotlar sifatini oshirish hamda yangi ish o‘rinlari tashkil etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Qo‘shtepa tumani hokimligi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram