Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 212 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO‘SHTEPANING QIYOFASI TUBDAN O‘ZGARIB BORMOQDA (FOTO)

×

 2021-09-22 16:52:17    109

PDF yuklash
Chop etish



Bugun Qo‘shtepa tumanining qiyofasi tubdan o‘zgarib bormoqda. Amalga oshirilayotgan qayta qurish va obodonlashtirish ishlari natijasida xalqning ko‘p yillik orzu-umidlari ruyobga chiqmoqda. Keng va ravon ko‘chalar, madaniy-maishiy xizmat ko‘rsatish inshootlari, yangidan bunyod etilgan uylar va korxonalar tuman ko‘rkiga ko‘rk qo‘shayotir.


Ayni kunlarda yo‘lingiz tushib tuman markaziga kelib qolsangiz, ulkan qurilish maydoniga duch kelasiz. Bunday manzara bugun nafaqat tuman markazida, balki “Do‘rmon”, “Istiqbol” mahallalarida ham ko‘zga tashlanadi. Tumanda “Obod qishloq”, “Obod mahalla” dasturlari doirasida belgilangan ezgu ishlar ko‘lamining keng quloch yoyayotganligi xalqning turmush madaniyatini oshirib, farovonligini yuksalishiga xizmat qilmoqda.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 16 oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini shakllantirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4864-sonli qaroriga asosan, joriy yilda tuman markazining me’moriy qiyofasini zamonaviylashtirish va obodonlashtirish maqsadida, hozirda “Mayram” KTICh korxonasi tomonidan jadal suratda ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.


“Mayram” KTICh korxonasi tomonidan tuman markazining 1 km qismidagi yo‘l qoplamasini yangilash, avtoturargoh qurish, yo‘l chetida piyodalar va vilosiped uchun alohida yo‘lakchalar tashkil etish, yo‘l chetining ikki tomoniga yo‘l latogi o‘rnatish va boshqa obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.  


Qo‘shtepa tumani hokimligi



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram