Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 157 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SAYYOR QABULLAR DAVOM ETMOQDA

×

 2021-09-22 10:57:30    131

PDF yuklash
Chop etish



O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi tomonidan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi” ijrosini ta’minlash maqsadida Farg‘ona viloyat sudlari raislari hamda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash viloyat boshqarmasi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining viloyatimizdagi Xalq qabulxonasi bilan hamkorlikda tuman-shaharlarda jinoyat va huquqbuzarliklar, niqohdan ajratish, tadbirkorlik sub’yektlari ishtirokidagi nizolar hamda fuqarolarning murojaatlari ko‘paygan mahallalarda profilaktika ishlarini jonlashtirish maqsadida sayyor qabullar o‘tkazib kelinmoqda.

Viloyat ma’muriy sudining sudyasi N.Xadjimatov hamda guruh a’zolari viloyat sudining sudyasi F.Xatamkulov, Farg‘ona tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi X.Jamoliddinov va jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘shtepa tuman sudi tomonidan tumanimizda doimiy ravishda sayyor qabullar o‘tkazib kelinmoqda.


Jumladan, 2-sektor hududidagi “O‘rta O‘qchi” mahalla fuqarolar yig‘ini binosida o‘tkazilgan sayyor qabulda 10 nafardan ortiq fuqarolar tomonidan kelib tushgan murojaatlar ko‘rib chiqilgan bo‘lsa, 3-sektor hududidagi “Shodlik” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi

Axborot kutubxona markazida o‘tkazilgan qabulda 5 nafardan ziyod fuqarolarning murojaatlari o‘rganildi.

Shuningdek, bundan keyin ham sudlar tomonidan sayyor qabullarni o‘tkazish davom ettiriladi. Navbatdagi sayyor qabul joriy yil 2 oktabr kuni Qo‘shtepa tumanining 4-sektor hududidagi “Do‘rmon” mahalla fuqarolar yig‘ini binosida bo‘lib o‘tadi.

A.ERGASHYeV,

jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘shtepa tuman sudining raisi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram