Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 50 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MAHALLALARDAN XABARLAR

×

 2021-09-22 10:02:54    107

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumanida xotin-qizlar jamoatchilik kengashi, mahalla targ‘ibot guruhi vakillari hamkorligida barcha mahallalarda, xonadonlarda tashkilot va muassasalarda oila va nikoh masalalari, oilaviy ajrimlarni oldini olish, muammoli kam ta’minlangan oilalar xolatini o‘rganish va ularga moddiy, ma’naviy, tibbiy, huquqiy jixatdan ko‘mak berish maqsadida profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.

Jumladan, “Sarmazor” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 4-son maktabgacha ta’lim tashkilotida “Mehirjon – 2” loyihasida yaqinlari bag‘riga qaytgan S.Azimovni tarbiya maskanidagi hayoti, qiziqishlari, kayfiyati o‘rganildi. Tadbir davomida muassasa mas’ullari bolaning umumiy rivojlanishi va qiziqishlariga ijobiy baho berilar.

Shuningdek, ko‘p millatli hudud bo‘lgan “Xumdon” hamda tuman markazidan olisda joylashgan “Istiqbol” mahallalarida tibbiy yordamga muhtoj va kam ta’minlangan oila vakillari “Sog‘lom avlod” jamg‘armasi mutaxassislari tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, imtiyozli dori- darmonlar bilan ta’minlandilar.


Mahalla targ‘ibot guruhi vakillari hamkorligida qator mahallalarda profilaktik tadbirlar o‘tkazilib, mavjud muammolar yuzasidan huquqiy maslahatlar berildi.



“Muborak” jome masjidida bo‘lib o‘tgan otinoyilarning navbatdagi hisobot yig‘ilishida ham dolzarb masalalar muhokama qilinib, tegishli vazifalar belgilab olindi.

Qo‘shtepa tumani hokimligi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram