Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 33 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIMNING BIR ISH KUNI

×

 2021-09-21 20:15:28    130

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tumandagi xalq qabulxonasida o‘zining navbatdagi qabulini o‘tkazdi. Qabulda turli muammo va takliflar bilan kelgan 45 nafar fuqarolar bolalar puli va moddiy yordam ajratish, ish bilan ta’minlash, elektr va suv ta’minoti, bank, sog‘liqni saqlash, tadbirkorlik, kadastr va shu kabi muammolar bilan qatnashdilar. Tuman hokimi tomonidan qabul jarayonida har bir murojaatga alohida e’tibor berilib, ushbu murojaatlarda ko‘tarilgan muammolarni ijobiy hal etish yuzasidan mas’ullarga muddatlar belgilangan holda tegishli ko‘rsatmalar berildi.


Shuningdek, “Do‘rmon”, “Langar”, “Shodlik” va “Solijonobod” mahalla fuqarolar yig‘inlarida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari ham o‘rganildi. Mas’ul rahbarlarga obodonlashtirish ishlarini sifatli va qisqa muddatlarda yakunlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.


34-umumta’lim maktabida tashkil etilgan saylov uchastkasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligi sayloviga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar hamda dars jarayonlari bilan tanishildi. Mas’ul rahbarlarga saylovga munosib tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.


Tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli “Solijonobod” shifokor xizmat uyida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganilib, mas’ul rahbarlarga aholini koronavirus kasalligiga qarshi vaksina bilan emlash bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.


31-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida bolajonlarga qulay shart-sharoitlar yaratish, sanitariya gigiyeniya qoidalariga hamda oziq-ovqat mahsulotlari sifatiga alohida e’tibor qaratish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.


“FERGANA GLOBAL TEXTIL” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan tomchilatib sug‘orish tizimini joriy etish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar o‘rganildi. Mutasaddi rahbarlarga tumanda suvdan oqilona foydalanish maqsadida joriy etilgan tomchilatib sug‘orish tizimini kengaytirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.


Qishloq xo‘jaligi tashkilotlari hamda fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirokida paxta hosilini yig‘ib-terib olish hamda 2022 yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlarini ekish uchun yer tayyorlash va ekish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan joylarda yig‘ilishlar o‘tkazildi. Mas’ul rahbarlarga paxta hosilini yig‘ib-terib olish hamda kuzgi boshoqli don ekinlarini ekish uchun yer tayyorlash va ekish ishlarini tizimli tashkil etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Qo‘shtepa tumani hokimligi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram