Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 19 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

DOLZARB MAVZU

×

 2021-09-11 23:31:12    90

PDF yuklash
Chop etish



Qo’shtepa tumanidagi musiqa va san'at maktabining ma'naviyat zalida tumandagi umumta'lim maktablarining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosarlari hamda xotin-qizlar boshlang’ich tashkiloti raislari uchun davra suhbati o’tkazildi.

Tadbirda tuman hokimining xotin-kizlar masalalari bo’yicha maslahatchisi M.Mo’ydinova, tuman xalq ta'limi bo’limi boshlig’i Z.Tojiboyevlar ishtirok etishdi.

Davra suhbatida umumta'lim maktablaridagi pedagog xodimlarning kiyinish va muomala madaniyati, Xalk ta'limi vazirligi tomonidan belgilab berilgan ichki tartib-qoidalar va unda ko’rsatilgan qizlarning o’quv dargohida ro’mol o’rash tartiblari, bugungi kunda o’quv muassasalaridagi umumiy xolatlar muhokama qilindi.

Ichki tartib qoidalarga rioya qilmagan qizlar bilan belgilangan tartib asosida “Ustoz-shogird” an'analari, “Tegdosh-tengdoshga” printsiplari asosida ishlab muxitni sog’lomlashtirish masalalari ko’rib chiqildi.

Bu borada ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosarlari oldida turgan dolzarb vazifalar hamda mahalla bilan hamkorlikda bajariladigan ishlar belgilab olindi.

Qo’shtepa tumani hokimligi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram