Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 28 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

OVOZ BERISH YAKUNLARIGA KO’RA, ENG KO’P OVOZ TO’PLAGAN 2 TA TAKLIF TASHABBUSKORLARI G’OLIB DEB TOPILDI

×

 2021-09-10 14:50:54    85

PDF yuklash
Chop etish



O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi PQ-5072-son “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta'minlash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarori ijrosi yuzasidan joriy yilda sinov tariqasida 1-iyuldan 2-sentyabrga qadar uch bosqichdan iborat jamoatchilik fikri asosida tadbirlarni shakllantirish jarayoni o’tkazildi.

O’zbekiston Respublikasining “Ochiq byudjet” portali (openbudget.uz) orqali tumanda istiqomat qiluvchilar uchun ahamiyatga ega bo’lgan jami 205 ta takliflarga ovoz berildi. Ushbu takliflarni moliyalashtirish uchun yaratilgan tashabbusli byudjet jamg’armasiga mahalliy byudjetning qo’shimcha manbalari hisobidan 512.0 mln so’m ajratildi.

Ovoz berish yakunlariga ko’ra, eng ko’p ovoz to’plagan 2 ta taklif tashabbuskorlari g’olib deb topildi. Jumladan:

1-o’rin:

Qo’shtepa tumani Xalqobod MFYdagi “G’ufron” jome masjidi qurilishi uchun qo’shimcha qurilish materiallari sotib olish xarajatlariga mablag’ ajratish bo’yicha kiritilgan taklif (summasi 250.0 mln so’m) -1573 ta ovoz to’pladi;

2-o’rin:

Qo’shtepa tumani Bolalar-o’smirlar sport maktabining 42x18 o’lchamli sport zali pol qismi rezina pol bo’lganligi uchun uni pol taxtaga almashtirish, 20x40 o’lchamli 2 ta sun'iy futbol maydonini ta'mirlash bo’yicha kiritilgan taklif (summasi 200.0 mln so’m) -773 ta ovoz to’pladi.

Tuman hokimligida tashkil etilgan ishchi guruh tomonidan ushbu g’olib takliflarga mablag’ ajratish bo’yicha manzilliy ruyxat shakllantirilib, xalq deputatlari tuman Kengashiga tasdiqlash kiritildi.

Qo’shtepa tumani moliya bo’limi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram