Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 149 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SHUKRONALIK HISSI

×

 2021-09-02 16:51:09    149

PDF yuklash
Chop etish


Mana, bir necha kundirki, yurtimizda bayram shukuhi kezmoqda. Yurtimizning har go‘shasida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi keng nishonlanmoqda.

Vatanni sevish, unga nisbatan yaxshi munosabatda bo‘lish, uning har bir qarichini asrab-avaylash, millat g‘amini yeyish, vatanparvarlik tuyg‘usi bilan yashash, har bir ne’matga shukrona qilish insoniylik burchimizdir.

Darhaqiqat, berilgan ne’matlarga shukr qilsak, uning qadriga yetsak, yurt ravnaqi, vatan taraqqiyoti, millat hamjihatligi, xalq farovonligi yo‘lida astoydil xizmat qilsak, inshaalloh, murodimizga yetamiz. Ana shunda Yaratganning roziligi, xalqning rahmatiga sazovor bo‘lamiz.

“Borot” mahallasining “Qizlarmozor” qishlog‘ida yashovchi kayvoni onaxonlarimizning bir odatlari bor. Yurtimizda nishonlanadigan ulug‘ ayyomlarda bir zumda jamul jam bo‘lishadi. Alloh taolo bergan barcha ne’matlarga shukur qilishib, yaxshi tilaklarda va go‘zal duolarda bo‘lishadi.


Onaxonlarimiz mustaqillik bayramimizni nishonlash uchun bu gal mahallaning piru badavlat onaxoni Ozodaxon Qosimovaning xonadonida bo‘lishdi.

Tadbirda tabarruk onaxonlar va dilbar opa singillarimiz bilan birga Qo‘shtepa tumanining bosh otinoyisi M.O‘rmonova, “Borot” mahalla fuqarolar yig‘ini raisining o‘rinbosari X.Xalilovalar ham ishtirok etishdi.

Bir piyola choy ustida bo‘lib o‘tgan ma’naviy-ma’rifiy suhbat chog‘ida Istiqlol ne’mati, vatanni sevish, oila madaniyati, shuningdek, ayollarimizning kiyinishi va muomala madaniyati, qaynona kelin odobi haqida so‘z yuritildi.

Qo‘shtepa tumani hokimligi