Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 105 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

RASMIY MUNOSABAT

×

 2021-08-23 21:04:41    129

PDF yuklash
Chop etish



Joriy yil 23 avgust kuni “Farg’ona | Kun.uz” saytida Kun.uz muxbiri Sarvar Ziyayevning “Voyaga yetmagan yolg’iz o’g’il bemor onasi uchun bolaligidan kechgani haqida hikoya” sarlavhasi ostida tanqidiy maqolasi chop etilgan edi.

Qo’shtepa tumani, Shahartepa qishlog’ida yagona suyanchig’i — o’g’li 14 yoshli Kamoliddin bilan istiqomat qilib kelayotgan Bahridil Zokirovaning hayotdagi ayanchli qismati aks ettirilgan ushbu maqola yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz.

Bahridil Zokirova boquvchisini yo’qotgan, 1 nafar voyaga yetmagan farzandi bor, 2-guruh nogironi. O’g’li Kamoliddin Rayimov 21-umumta'lim maktabining 8-sinf o’quvchisi.

Bahridil Zokirova mahallaning “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga ro’yxatga kiritilib, unga muntazam yordam ko’rsatib kelinmoqda. 


Bahridil Zokirovaning xonadoni yashash uchun yaroqsiz xolga kelib qolganligi sababli 3-sektor rahbari S.Abdullayev boshchiligida mahalla faollarining tashabbusi bilan 1 xona uy qurib berilgan va uy jihozlari bilan ta'minlanib, ona-bolaning yashashi uchun sharoit yaratilgan.

Xozirgi kunga qadar tuman hokimligi, sektor rahbari hamda xomiylar tomonidan muntazam ravishda oziq-ovqat mahsulotlari berib kelinmoqda.


Yordamga va ko’makka muhtoj ushbu oila doimo tuman hokimligining e'tiborida bo’lganligi tufayli Bahridil Zokirovaga nogironlik aravachasi, oilasida parranda boqish uchun pul mablag’i, kir yuvish mashinasi, pishiriq pechi, farzandi uchun velosiped, yotoqxona uchun yumshoq ko’rpa-to’shaklar berilgan.

Shu o’rinda o’z e'tirozimizni bildirib o’tishni joiz deb bildik. Maqola muallifi Sarvar Ziyayev ushbu video lavha va maqolada negadir ushbu oilaning ahvoliga jamoatchilik fikrini uyg’otish, shuningdek, tumandagi mas'ul idoralar go’yoki ayanchli ahvolda yashayotgan Bahridil Zokirovaning holidan xabar olmayotgandek qilib ko’rsatishga uringan. Agar muallifda bunday fikr uyg’onmaganida edi, aks holda eski ma'lumotlardan bugun foydalanmagan bo’lar edi... Mana endi o’z-o’zidan haqli savol tug’iladi? Qani “Kun.uz Rasmiy kanali”ning tezkorligi? Nahotki, bu saytda eski ma'lumotlar ham bugungidek qilib berilsa? 

Negaki, Qo’shtepa tumani hokimi I.Novikov va 3-sektor rahbari S.Abdullayev hamda tumanimizdagi saxovatli insonlar, qolaversa, mahalla faollari tomonidan Bahridil Zokirovaning yaroqsiz xolga kelgan uyining qolgan qismi buzlib, o’rnida yangitdan imorat qurish ishlari olib borilmoqda. Ushbu fuqaroga qulay sharoit yaratish uchun jami 2 xonalik uy, oshxona, yuvinish xonasi hamda hojatxona, darvozaxona qurilmoqda. Shu kunlarda binoning beton fundamenti quyib bitkazildi. Devor qismini ko’tarish uchun g’isht olib kelinib, qurilish ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, yashash xovlisining atrof devor qismini yangilab o’rash ishlari ham tashkillangan. 

Qo’shtepa tumani hokimligi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram