Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TUMAN HOKIMI HUDUDLARDA
2021-08-12 20:57:59 198
Qo’shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov bugun “Dehqon bozori” mas'uliyati cheklangan jamiyatida bo’lib, bozor hududida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. Aholiga yetkazib berilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari narx-navolarini asossiz oshirish holatlarini oldini olish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.
Do’rmon mahalla fuqarolar yig’inini qizil hududdan chiqarish yuzasidan “Mahallabay” tizimi asosida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda aholi muammolarini aniqlash maqsadida tashkil etilgan ishchi guruh tomonidan o’rganishlar olib borilmoqda. Tuman hokimi ishchi guruh tomonidan o’rganishlar natijasida aniqlangan muammolarni ijobiy hal etish, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda obodonlashtirish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlarni o’rgandi. Kelgusidagi muhim vazifalar yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.
Xalq ta'limi bo’limiga qarashli 10-umumta'lim maktabida bo’lgan tuman rahbari muassasada “Obod qishloq” Dasturi asosida olib borilayotgan qurilish-ta'mirlash hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentligi sayloviga, shuningdek, yangi o’quv yiliga munosib tayyorgarlik ko’rish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni o’rgandi. Muassasada mavjud muammo va kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.
I.Novikov O’zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga munosib tayyorgarlik ko’rish, uchastka saylov komissiya a'zolarini saylovga oid qonunchiliklar bilan tanishtirish hamda siyosiy bilimlarini oshirish maqsadida 2-ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida uchastka saylov komissiya operatorlari uchun tashkil etilgan o’quv seminar jarayoni bilan tanishdi. Mutasaddi rahbarlarga o’tkazilayotgan o’quv seminarlar samaradorligini oshirish hamda tinglovchilar bilim saviyasini belgilangan tartibda sinovdan o’tkazish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Qishloq xo’jaligi tashkilotlari hamda fermer xo’jaliklari rahbarlari ishtirokida paxta maydonlarida olib borilayotgan agrotexnik tadbirlarning bajarilishi hamda kuzgi boshoqli don ekinlarini ekishga tayyorgarlik ko’rish yuzasidan joylarda yig’ilishlar o’tkazildi. Tuman hokimi tomonidan mas'ul rahbarlarga paxta maydonlarida olib borilayotgan agrotexnik tadbirlarni uyushqoqlik bilan o’tkazish va 2022 yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlarini ekishga tayyorgarlik ko’rish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.
Qo’shtepa tumani hokimligi