Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
DAVRA SUHBATIDA: TANQIDIY VA TAHLILIY MUHOKAMA
2021-08-12 19:22:31 204
Qo’shtepa tumanidagi “Madaniyat markazida” xotin-qizlar jamoatchilik kengashi a'zolari, mahalla fuqarolar yig’inlari raislarining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma'naviy masalalar bo’yicha o’rinbosarlari ishtirokida xotin-qizlar o’rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, oilalar mustahkamligi va barqarorligini ta'minlash, jamiyatda xotin-qizlarni ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish va bu borada hamkor tashkilotlar bilan birgalikda amalga oshirilishi lozim bo’lgan dolzarb vazifalar yuzasidan davra suhbati o’tkazildi.
Tadbirda viloyat hokimining Xotin-qizlar masalalari bo’yicha maslahatchisi, viloyat Xotin-qizlar jamoatchilik kengashi raisi T.Tojiyeva, Oliy Majlis Senati a'zosi M.Salimova, “Oydin” gazetasi muharriri X.Karimova hamda tumandagi hamkor tashkilotlarning vakillari ishtirok etdilar.
Tadbirda viloyat hokimining Xotin-qizlar masalalari bo’yicha maslahatchisi, viloyat Xotin-qizlar jamoatchilik kengashi raisi T.Tojiyeva, Oliy Majlis Senati a'zosi M.Salimova, “Oydin” gazetasi muharriri X.Karimova hamda tumandagi hamkor tashkilotlarning vakillari ishtirok etdilar.
Davra suhbatida tumanda ijtimoiy ma'naviy muhitni sog’lomlashtirish, oilalarning mustahkamligi va barqarorligini ta'minlash, xotin-qizlar o’rtasida jinoyatchilik, oilaviy ajrimlarni oldini olish, ayollarni kiyinish va muomala madaniyatini tartibga solish masalalari yuzasidan mahallalarda amalga oshirilgan ishlar va yo’l qo’yilgan xato va kamchiliklar joriy yilning 7 oylik ko’rsatkichlari asosida mahallalar kesimida tanqidiy-tahliliy muhokama qilinib, ushbu kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli ko’rsatma va tavsiyalar belgilab olindi.
Shuningdek, ushbu masalalarda xato va kamchiliklarga yo’l qo’ygan “Yangido’kon”, “Qumtepa”, “Loyson”, “Fayz” va boshqa mahalla fuqarolar yig’inlari rais o’rinbosarlarining axborotlari ham tinglandi.
Xotin-qizlarni ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, oilalar mustahkamligi va barqarorligini ta'minlash borasidagi faol ishtiroki uchun tuman Xotin-qizlar Jamoatchilik kengashi a'zolaridan bir guruhi viloyat Xotin-qizlar jamoatchilik Kengashining tashakkurnoma hamda esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.
Qo’shtepa tumani hokimligi