Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“YOSHLAR DAFTARI”GA KIRITILGAN XOTIN-QIZLAR DOIMIY E'TIBORDA
2021-08-12 17:27:35 212
Qo’shtepa tumanidagi “Yoshlar markazida” bo’lib o’tgan tadbirda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 51 nafar xotin-qizlarga “Yoshlar jamg’armasi” mablag’lari hissobidan “Mini pech” topshirildi.
Yurtimizda yoshlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish, ularni ijtimoiy-huquqiy va psixologik qo’llab-quvvatlash, tadbirkorlik, kasb-hunarga o’rgatish va bandligini ta'minlash ishlarini samarali tashkil etish, ularni doimiy daromad manbalariga ega bo’lishlariga alohida e'tibor qaratilgan.
Xususan, tumanimizda sektorlar tomonidan mahallalarda, xonadonlarda olib borilgan o’rganishlar natijasida aniqlangan kam ta'minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarning hoxish va istaklari o’rganildi. O’rganish natijalari va sektor rahbarlari hamda mahalla fuqarolar yig’inlarining tavsiyalariga asosan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ishsiz yoshlarning bandligini ta'minlash va daromad manbalarini yaratib berish maqsadida 51 ta mahalla fuqorolar yig’inlaridagi ishsiz, ijtimoiy himoyaga muhtoj 51 nafar xotin-qizlarga “Yoshlar jamg’armasi” mablag’lari hisobidan “Mini pech” topshirildi.
Ushbu tadbirda tuman hokimi I.Novikov hamda sektor rahbarlari, shuningdek, viloyat targ’ibot guruhi rahbari S.Alimovalar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida “Yoshlar jamg’armasi”dan ajratilgan mablag’lar hisobidan “Yoshlar daftari”dagi 51 nafar xotin-qizlarga ularning o’z istak va hoxishlariga ko’ra “Mini pech”lar beminnat topshirildi.
Qo’shtepa tumani hokimligi