Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
AYOLLARGA HUQUQIY MASALAHATLAR BERILDI
2021-08-04 13:37:24 175
Qo’shtepa tumanidagi Yo’ldoshobod mahalla fuqarolar yig’inida Yo’ldoshobod va Qayrag’och mahallalarida istiqomat qiluvchi 22 nafar muammoli, huquqiy maslahatga muhtoj bo’lgan xotin-qizlar ishtirokida davra suhbati o’tkazildi. Bundan ko’zlangan maqsad ularning muammolarini o’rganish hamda haq-huquqlarini himoya qilish, shuningdek huquqiy savodxonligini, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishdir.
Tadbirda tuman hokimining Xotin-qizlar masalalari bo’yicha maslahatchisi M.Mo’ydinova va viloyat “Mehrjon” Ayollar va Bolalar markazi tomonidan tashkil qilingan yuridik markazi huquqshunosi Sh.Abdurazzoqovalar ishtirok etishdi.
Muloqot chog’ida ishtirokchilarga davlatimiz tomonidan xotin-qizlarimizning huquq va manfaatlarini himoya qilib, ularni ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish jamiyatda o’z o’rinlarini topishlariga ko’mak berish, zo’ravonlik va tayziqlardan himoya qilish, gender tengligi masalalarida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma'lumot va tushunchalar berildi.
Ishtirokchilarning ijtimoiy nafaqa, imtiyozli uy-joy olish, mulkiy nizolar, oilaviy kelishmovchiliklar masalasidagi so’rovlari eshitilib, mutaxassislar tomonidan huquqiy maslahatlar va tavsiyalar berildi.
Qo’shtepa tumani hokimligi