Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
XOTIN-QIZLAR UCHUN DAVRA SUHBATI
2021-07-06 15:19:22 161
Qo’shtepa tumanidagi 4-sektor shtabida Xo’jaqishloq, Xalqobod mahalla fuqarolar yig’inida istiqomat qilayotgan 24 nafar muammoli, huquqiy maslahatga muhtoj bo’lgan xotin-qizlar uchun ularning muammolarini o’rganish, haq-huquqlarini himoya qilish, huquqiy savodxonligini, ijtimoiy–siyosiy faolligini oshirish maqsadida davra suhbati o’tkazildi.
Tadbirda tuman hokimining Xotin-qizlar masalalari bo’yicha maslahatchisi M.Mo’ydinova, viloyat “Mexrjon” Ayollar va Bolalar markazi tomonidan tashkil qilingan yuridik markazi huquqshunosi Sh.Abdurazzoqovalar ishtirok etdi.
Muloqot ishtirokchilarining ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish jamiyatda o’z o’rinlarini topishlariga ko’mak berish, zo’ravonlik va tayziqlardan ximoya qilish, gender tengligi masalalarida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida sodda haqchil tilda ma'lumot va tushunchalar berildi.
Ishtirokchilarning ijtimoiy nafaqa, imtiyozli uy-joy olish, mulkiy nizolar, oilaviy kelishmovchiliklar masalasidagi so’rovlari eshitilib, soha mutaxassislari tomonidan huquqiy masalahatlar va tavsiyalar berildi.
QO’ShTEPA TUMANI HOKIMLIGI