Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 6 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

XOTIN-QIZLAR UCHUN DAVRA SUHBATI

×

 2021-07-06 15:19:22    85

PDF yuklash
Chop etish



Qo’shtepa tumanidagi 4-sektor shtabida Xo’jaqishloq, Xalqobod mahalla fuqarolar yig’inida istiqomat qilayotgan 24 nafar muammoli, huquqiy maslahatga muhtoj bo’lgan xotin-qizlar uchun ularning muammolarini o’rganish, haq-huquqlarini himoya qilish, huquqiy savodxonligini, ijtimoiy–siyosiy faolligini oshirish maqsadida davra suhbati o’tkazildi.

Tadbirda tuman hokimining Xotin-qizlar masalalari bo’yicha maslahatchisi M.Mo’ydinova, viloyat “Mexrjon” Ayollar va Bolalar markazi tomonidan tashkil qilingan yuridik markazi huquqshunosi Sh.Abdurazzoqovalar ishtirok etdi.


Muloqot ishtirokchilarining ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish jamiyatda o’z o’rinlarini topishlariga ko’mak berish, zo’ravonlik va tayziqlardan ximoya qilish, gender tengligi masalalarida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida sodda haqchil tilda ma'lumot va tushunchalar berildi.

Ishtirokchilarning ijtimoiy nafaqa, imtiyozli uy-joy olish, mulkiy nizolar, oilaviy kelishmovchiliklar masalasidagi so’rovlari eshitilib, soha mutaxassislari tomonidan huquqiy masalahatlar va tavsiyalar berildi.

QO’ShTEPA TUMANI HOKIMLIGI


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram