Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 13 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO’SHTEPA TUMANIDA YO’LLAR TA'MIRLANMOQDA

×

 2021-07-03 15:05:19    94

PDF yuklash
Chop etish



Yurtimizda koronavirus kasalligi sababli karantin joriy etilganligiga qaramay hududlarda obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari davom ettirilmoqda. Xususan, bu borada Qo’shtepa tumanida ham belgilangan vazifalar, dasturga kiritilgan rejalar o’z vaqtida bajarilmoqda.

Joriy yilda tumanimizda “Obod qishloq” va “Ichki yo’l” dasturi bo’yicha jami 57.32 km yo’llarni ta'mirlash rejalashtirilgan bo’lib, 24.06 km asfaltlash hamda 32.26 km shag’allashtirish ishlarini bajarish ko’zda tutilgan.


Qo’shtepa tumani yo’llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yo’llarida joriy ta'mirlash ishlari olib borilib, 2021 yilning 1-2 choragida 1,08 mlrd. so’mlik ta'mirlash ishlari bajarildi.

Viloyat hokimining tuman, shaharlarda bo’sh turgan (foydalanilmayotgan) avtobekatlarni qurish va ta'mirlash, ularni “Aqilli bekat”larga aylantirish tashabbuskor tadbirkor yoshlarga berish manzilli dasturiga asosan 16 ta avtobekatlarda qurilish-ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.

Bundan tashqari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2- apreldagi PQ-5048 sonli qaroriga muvofiq “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturi doirasida tumanning ichki xo’jalik yo’llarini joriy ta'mirlash dasturi doirasida 32.5 km tuproq yo’llarni shag’allashtirish rejasiga asosan hozirgi kunda 24.5 km ichki yo’llar shag’allashtirildi. 



O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 16 oktyabrdagi “O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini shakllantirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-4864-sonli qaroriga asosan, joriy yilda tuman markazining me'moriy qiyofasini zamonaviylashtirish va obodonlashtirish maqsadida, hozirda “Mayram” KTICh korxonasi tomonidan jadal suratda ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.


“Mayram” KTICh korxonasi tomonidan tuman markazining 1 km qismidagi yo’l qoplamasini yangilash, avtoturargoh qurish, yo’l chetida piyodalar va vilosiped uchun alohida yo’lakchalar tashkil etish, yo’l chetining ikki tomoniga yo’l latogi o’rnatish va boshqa obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladi.  

QO’ShTEPA TUMANI HOKIMLIGI


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram