Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 33 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

27 IYUN – MATBUOT VA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI XODIMLARI KUNI 

×

 2021-06-26 19:58:32    89

PDF yuklash
Chop etish



Bugun mamlakatimiz, jamiyatimiz hayotida ommaviy axborot vositalari qanday o’ringa egaligi haqida ortiqcha ta'riflar berishga hojat yo’q, deb o’ylayman. Sababi hammamiz ko’rib, guvoh bo’lib turibmiz – ayni chog’da hayotimizni ommaviy axborot vositalarisiz, bu – gazeta-jurnal, televideniye-radio, internet-sayt va ijtimoiy tarmoqlar bo’ladimi, ularsiz tasavvur qilolmaymiz.

Har bir kishi kunni ana shu vositalardagi xabar va yangiliklarni o’qish bilan boshlab, shu bilan yakunlaydi. Bir zum axborot ololmay qolsak, go’yoki dunyodan uzilib qolgandek bo’lamiz. Aslida ham bugungi shiddatkor davr, zamon taraqqiyoti ommaviy axborot vositalariga hayotimizning ajralmas bir bo’lagi sifatida qarashni taqozo etmoqda. Va amalda ham shunday bo’lyapti, desak xato qilmagan bo’lamiz.


27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan o’tkazilgan tadbirda Qo’shtepa tumani hokimi I.Novikov soha vakillari “Istiqbol yo’li gazetasi” tahririyati xodimlari, tuman hokimligi Axborot xizmati va faxriy jurnalistlarni kasb bayramlari bilan samimiy tabrikladi.

Tuman rahbari Muhtaram Prezidentimiz tomonidan ommaviy axborot vositalari faoliyatini rivojlantirish, jurnalistlar mehnatini rag’batlantirish borasida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilayotganligi haqida to’xtalib o’tdi.


I.Novikov bayram munosabati bilan soha xodimlarini va tumanimizdagi faxriy jurnalistlarni samimiy muborakbod etib, ularga tuman hokimligining esdalik sovg’alarini topshirdi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram