Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 30 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA CHET EL FUQAROLARINING VA FUQAROLIGI BO’LMAGAN SHAXSLARNING HUQUQIY HOLATI TO’G’RISIDA”GI QONUNI MAZMUN-MOHIYATI VA AHAMIYATI

×

 2021-06-25 15:58:59    147

PDF yuklash
Chop etish


I. Qonunning maqsadi.

O’zbekiston Respublikasida chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarning huquqiy holati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

 II. Qonunning mazmuni va mohiyati.

Qonunga ko’ra, ikki yoki undan ortiq davlat fuqaroligiga ega chet el fuqarolari qaysi davlat fuqaroligiga mansubligi to’g’risidagi hujjatlar bo’yicha O’zbekistonga kirgan bo’lsa, O’zbekistonda o’sha davlatning fuqarolari hisoblanadi.

O’zbekistondagi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarning huquq va erkinliklari xalqaro huquq normalariga asosan ta'minlanadi.

O’zbekistonda doimiy yashaydigan chet el fuqarolariga yoki fuqaroligi bo’lmagan shaxslarga – ular 16 yoshga to’lganida yoki ota-onasining, vasiylarning (homiylarning) ixtiyoriga ko’ra – bola tug’ilgan paytidan e'tiboran va 16 yoshga to’lguniga qadar identifikatsiyalovchi karta beriladi.

Identifikatsiyalovchi karta quyidagi amal qilish muddatlariga beriladi:

·    yangi tug’ilgan bir yoshgacha bo’lgan bolalarga – 2 yilga;

·    bir yoshdan 16 yoshgacha bo’lgan shaxslarga – 5 yilga;

·    16 yoshdan 60 yoshgacha bo’lgan shaxslarga – 5 yilga;

·    60 yoshdan oshgan shaxslarga – 10 yilga.

Qonunga ko’ra, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar:

·    O’zbekiston hududi bo’ylab erkin harakatlanish huquqiga ega;

·    O’zbekiston hududida O’zbekiston fuqarolari bilan teng ravishda mulk huquqidan foydalanadi;

·    nodavlat notijorat tashkilotining muassislari, ishtirokchilari (a'zolari) bo’lishi mumkin;

·    davlat organlariga, tashkilotlarga hamda ularning mansabdor shaxslariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga ega;

·    davlat xizmatlaridan foydalanish huquqiga ega;

·    O’zbekiston Respublikasi hududida nikoh tuzilganligini qayd etishga doir huquqqa ega;

·    O’zbekiston Respublikasida ta'lim olish huquqqa ega;

·    soliq imtiyozlaridan foydalanishi mumkin.

Shuningdek, O’zbekiston hududida doimiy yashaydigan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar O’zbekiston fuqarolari bilan teng ravishda pensiya olish huquqiga ega.

O’zbekiston Respublikasida chet el fuqarolariga va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarga O’zbekiston Respublikasining milliy manfaatlarini hisobga olgan siyosiy boshpana beriladi.

O’zbekiston Respublikasi hududida turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar:

·    o’z sha'ni va obro’siga qilingan tajovuzlardan;

·    shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish;

·    turar joyi daxlsizligi huquqiga ega.

18 yoshgacha bo’lgan chet el fuqarosi va fuqaroligi bo’lmagan shaxs O’zbekistonda turish qoidalarini buzganlik uchun ma'muriy javobgarlikka tortilmaydi.

O’zbekiston hududida turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar:

·    O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, qonunlariga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlariga rioya etishi;

·    O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining, shuningdek O’zbekiston Respublikasi hududida turgan chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarning huquqlari, erkinliklari, sha'ni va qadr-qimmatini hurmat qilishi;

·    O’zbekiston xalqining tarixiy, ma'naviy va madaniy merosini asrab-avaylashi;

·    atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo’lishi shart.

Qo’shtepa tumani adliya bo’limi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram