Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 129 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TARG’IBOT TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA

×

 2021-06-12 18:16:38    121

PDF yuklash
Chop etish



Qo’shtepa tumani Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan tumandagi 18-sonli maktabgacha ta'lim muassasida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Bolalarni davlat maktabgacha ta'lim muassasalariga qabul qilish bo’yicha davlat xizmatlari ko’rsatishning ma'muriy reglamentini tasdiqlash to’g’risida”gi qaroriga kiritilgan o’zgartirishlar yuzasidan seminar tashkil etildi.

Tadbirda maktabgacha ta'lim muassasasi xodimlariga mazkur yo’nalishda joriy etilgan davlat xizmatlaridan foydalanish usullari to’g’risida tushunchalar berildi hamda amaliy mashg’ulotlar o’tkazildi.


Shuningdek, tumandagi 1-sonli kasb-hunar maktabida tahsil olayotgan o’quvchilarga “Yoshlar:1+1” dasturi doirasida targ’ibot tadbirlari olib borildi.

Amaliyot bilan hamohang tarzda o’tkazilgan seminarda mutaxassislar tomonidan tadbirkorlikni davlat ro’yxatidan o’tkazish va elektron raqamli imzo, STIR olish jarayonini amalda ko’rsatib berdi.

Shu bilan birgalikda, id.egov.uz dasturida ro’yxatdan o’tish, my.gov.uz portalidagi xizmatlardan foydalanish tartiblari va ulardagi imkoniyatlar haqida batafsil tushunchalar berildi.

Qo’shtepa tumani Davlat xizmatlari markazi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram