Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 21 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“XOTIRA TURNIRI” BO’LIB O’TDI

×

 2021-05-29 20:53:29    93

PDF yuklash
Chop etish



Qo’shtepa tumani BO’SM va xalq ta'limi bo’limiga qarashli 19-umumta'lim maktabi bilan hamkorlikda tumanimizda ko’p yillar mehnat faoliyatini olib borgan jismoniy tarbiya o’qituvchisi Ortig’ali Orziyev xotirasiga bag’ishlab “Xotira turniri” bo’lib o’tdi. Turnirda sportning qo’l to’pi bo’yicha musobaqalar tashkil etildi.


Musobaqada 7 ta jamoa kuch sinashib, faxrli 1-o’rinni Qo’qon davlat pedagogika instituti, 2-o’rinni Qo’shtepa tumani BO’SM, 3-o’rinni Dang’ara tumani BO’SM jamoalari egalladi. G’oliblarga xomiylar tomonidan tayyorlangan esdalik sovg’alari topshirildi.


Bugun ushbu o’yingohda “Onalarga ehtirom” nomli kontsert dasturi ham o’tkazildi. Kontsert dasturida O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Lola Eltoyeva, estrada xonandasi Surayyo Qosimova va taniqli shoira Faridaxon Yunusovalar  ham ishtirok etishdi.

Tadbir davomida ijro etilgan sho’x kuy-qo’shiqlar barchani birdek raqsga chorladi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram