Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
ILK DADIL QADAMINGIZ QUTLUG’ VA MUBORAK BO’LSIN!
2021-05-25 15:59:21 253
Bugun 25 may – tumanimizning barcha maktablarida “So’nggi qo’ng’iroq” chalindi. Joriy yilda tumanimizdagi maktablarni 2551 nafar o’quvchi bitiryapti.
Albatta, ushbu kun barcha bitruvchilar uchun eng unutulmas va eng qadrli kun bo’lishi shubhasiz. Ular 11 yillik qadrdon ustozlari, jonajon maktabi bilan xayrlashib, hayotning katta, yanada mas'uliyatli ostonasiga qadam qo’ymoqdalar.
Qo’shtepa tumanidagi 11-umumta'lim maktabida o’tgan tantanalarda tuman hokimi I.Novikov ishtirok etib, dastlab Prezidentimizning mamlakatimiz maktablarini bitiruvchi o’g’il-qizlarga yo’llagan tabrigini o’qib eshittirdi.
– Sizlarning hayotda o’z munosib o’rningizni topishingiz uchun davlatimiz va jamiyatimiz bundan buyon ham bor kuch va imkoniyatlarini to’la safarbar etadi – deydi, yoshlarni mustaqil hayotda o’z o’rinlarini topishlariga umid bildirgan tuman rahbari I.Novikov. – Xalqimizning ana shunday yuksak ishonchiga doimo munosib bo’ling! O’rganish, izlanish va intilishdan aslo to’xtamang! Mustaqil hayot sari tashlayotgan ilk dadil qadamingiz qutlug’ va muborak bo’lsin!
Va albatta tadbir nihoyasida maktab o’quvchilari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar namoyish etildi. Maktabning bitiruvchi o’g’il-qizlari ustozlariga va onalariga minnatdorchilik izhori sifatida guldastalar ulashdilar. Undan so’ng “So’nggi qo’ng’iroq” chalinib, “Xayr, maktabim” qo’shig’i birgalikda kuylandi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.