Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 19 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TADBIRLAR DAVOM ETMOQDA

×

 2021-05-24 23:37:00    92

PDF yuklash
Chop etish



“Onalarga ehtirom” festivali doirasida Qo’shtepa tumanidagi barcha korxona va tashkilotlarda, ta'lim muassasalarida turli ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar, ko’rik tanlovlar tashkillanmoqda.

 Shuningdek, festival doirasidagi tadbirlar tumanimizdagi mavjud mahalla fuqarolar yig’inlarida ham zo’r uyushqoqlik bilan o’tkazilmoqda.

 “Onalarga ehtirom” festivali doirasidagi tadbirlar bugun bir nechta mahallalarda ko’tarinki ruhda bo’lib o’tdi.


Eshonguzar mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi 49-umumiy o’rta ta'lim maktabida bo’lib o’tgan tadbirda, mahalla bosqichidagi 13 ta nominatsiya bo’yicha g’oliblar aniqlanib, ularga esdalik sovg’alari va tashakkurnomalar berildi.

Tadbir davomida 49-umumiy o’rta ta'lim maktabi o’quvchilari tomonidan onalarni madh etuvchi she'r va qo’shiqlar ijro etildi.

Borot mahallasidagi kayvoni onaxon Sobiraxon aya Bakirovning xonadonida mahalla va 43-umumiy o’rta ta'lim maktabi hamkorligida  o’tkazilgan tadbir ham o’zgacha ruhda, bayramona kayfiyatda bo’lib o’tdi.

Tadbirga tashrif buyurgan onaxonlarga alohida e'tibor va ehtirom ko’rsatilib, gullar bilan kutib olindi.


Mahalla bosqichida turli nominatsiyalar bo’yicha g’olib bo’lgan munisa onaxonlar taqdirlanib, ularga esdalik sovg’alari va guldastalar taqdim etildi.

Onalarga ehtirom ko’rsatish tadbirida maktab o’quvchilari tomonidan onalarni e'zozlash, ularga ehtirom ko’rsatish hamda ularni madh etish maqsadida bir-biridan ajoyib chiqishlar, kuy-qo’shiqlar, raqslar namoyish etildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram