Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 112 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

ONALARGA EHTIROM KO’RSATILDI

×

 2021-05-24 22:45:54    156

PDF yuklash
Chop etish



Ayni kunlarda tumanimizda “Onalarga ehtirom” nomli festivali doirasidagi tadbirlar davom etmoqda. Mahallalarda, maktablarda ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar, ko’rik-tanlovlarning quyi bosqichlari ko’tarinkilik bilan tashkil etilmoqdaXususan, bugun Shahartepa mahalla fuqarolar yig’ini va 21-umumiy o’rta ta'lim maktabi hamkorligida tashkil etilgan tadbir ham o’zgacha ruhda, bayramona kayfiyatda bo’lib o’tdi.


Tadbirni dastlab, 21-umumiy o’rta ta'lim maktabi direktori M.G’ofurova ochib berdi. 


Shahartepa mahalla fuqarolar yig’ini raisi Sh.Xatamqulov ham so’z olib barcha onaxonlarni, muhtarama ayollarni tumanimizda ilk bora o’tkazilayotgan “Onalarga ehtirom” nomli festival bilan qizg’in qutladi. Mahalla bosqichida turli nominatsiyalar bo’yicha g’olib bo’lgan munisa onaxonlar taqdirlanib, ularga esdalik sovg’alari va guldastalar taqdim etildi.

Onalarga ehtirom ko’rsatish tadbirida davlat maktabgacha ta'lim tashkilotining tarbiyalanuvchilari va maktab o’quvchilari tomonidan onalarni e'zozlash, ularga ehtirom ko’rsatish hamda ularni madh etish maqsadida bir-biridan ajoyib chiqishlar, kuy-qo’shiqlar, raqslar namoyish etildi. Onajonlarimizning yuz-ko’zlaridan taralayotgan samimiy tabassum festivalning haqqiqiy ko’tarinki kayfiyatda o’tishiga sabab bo’ldi desak hech adashmaymiz.


Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram