Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 18 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BUYUK INSONIY FAZILATLAR SOHIBALARIGA EHTIROM

×

 2021-05-18 21:45:52    135

PDF yuklash
Chop etish



Ayollarni e'zozlash, ularga hurmat-ehtirom ko’rsatish xalqimizga xos olijanob qadriyat hisoblanadi. Viloyat hokimi Hayrullo Bozarov tashabbusi bilan respublikada birinchi bor o’tkazilayotgan “Onalarga ehtirom” festivali doirasida buyuk insoniy fazilatlar sohibalariga ehtirom ko’rsatilmoqda.

Qo’shtepa tumanida ham ushbu festival doirasida yurtimiz ravnaqi yo’lida samarali va fidokorona mehnat qilgan va qilayotgan onaxonlarga, opa- singillarimizga ehtirom ko’rsatilmoqda.


Ana shunday tadbirlardan biri Qumtepa mahalla fuqarolar yig’ini hududida mahalla va tuman “Dehqon bozori” MChJ hamkorligida bo’lib o’tdi.

Ushbu tadbirda mahalla fuqarolar yig’inidan “Ko’p farzandli qahramon ona”, “Eng yaxshi rahbar ona”, “Eng yaxshi o’qituvchilar sulolasi onasi”, “Eng ibratli mehnatkash ona” va boshqa 15 ta nominatsiya g’oliblari va ularning yaqinlari ishtirok etdilar. Ular o’zlarining ibratli hayot yo’llari haqida tadbir ishtirokchilariga so’zlab berdilar. 


Har bir nominatsiya g’oliblarining farzandlari o’zlarining dil izhorlarini bildirib, onajonlariga guldastalar taqdim etdilar. Yuraklarning tub-tubidan chiqqan samimiy tilaklar barchani birdek to’lqinlantirdi. O’zlariga ko’rsatilgan ehtiromdan har bir ayolning ko’ngli tog’dek ko’tarildi. 


Tadbirda tuman hokimining xotin-qizlar masalalari bo’yicha maslahatchisi M.Mo’ydonova ham ishtirok etib, muhtarama ayollarimizga samimiy tilaklarini bildirdi.

Tuman madaniyat markazining xushovoz xonandasi S.Azimov tomonidan onalarga atab go’zal qo’shiqlar ijro etildi. Bir piyola choy ustida tashkil etilgan tadbirda kuylar qo’shiqlarga, qo’shiqlar esa raqslarga ulanib ketdi.


Festival Nizomi asosida turli nominatsiyalar bo’yicha g’olib deb topilgan onalarga ehtirom ko’rsatilib, esdalik sovg’alari va tashakkurnomalar topshirildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram