Shrift o'lchami Rang Rasm

<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 31 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TADBIRLAR DAVOM ETMOQDA

×

 2021-05-18 20:18:00    162

PDF yuklash
Chop etish



“Onalarga” ehtirom festivali doirasidagi tadbirlar Qo’shtepa tumanida mahallalar kesimida bo’lib o’tmoqda. Bugun Sohibkor mahalla fuqarolar yig’inida “Onalarga ehtirom” festivalining mahalla bosqichi o’tkazildi.

Ushbu tadbirda mahalla fuqarolar yig’inidan 8 ta nominatsiya g’oliblari va ularning yaqinlari ishtirok etdilar. Tanlov g’oliblari o’zlarining ibratli hayot yo’llari haqida so’zlab, farzandlarni tarbiyalash borasidagi fikrlari bilan o’rtoqlashdilar.

Tadbirda tuman hokimi I.Novikov va tuman hokimining xotin-qizlar masalalari bo’yicha maslahatchisi M.Mo’ydonovalar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida 33-maktab o’quvchilari va tuman madaniyat markazi xodimlari tomonidan onalarga atab she'r, qo’shiq va raqslar ijro etildi.


Festival Nizomi asosida turli nominatsiyalar bo’yicha g’olib deb topilgan onalarga ehtirom ko’rsatilib, tuman hokimligining esdalik sovg’alari va tashakkurnomalari topshirildi.


Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram