Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 43 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MUDOFAA ISHLARI VAZIRI “LANGAR” MAHALLASIDA BO’LDI

×

 2021-05-18 17:55:08    302

PDF yuklash
Chop etish



Bugun “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasidagi tadbirlar avj pallaga ko’tarildi. Qay manzilga qaramang, obodonlashtirish ishlari keng quloch yoygan. Jumladan, Qo’shtepa tumanidagi “Langar” mahalla fuqarolar yig’inida ham dasturga asosan ishlar jadal sur'atlarda olib borilmoqda.

Mahalladagi o’zgarishlar, aholi yashash xonadonlarining ko’rkam qiyofa kashf etishi fuqarolar ko’nglida ertangi kunga yanada ishonch paydo qilmoqda.

Mudofaa ishlari vaziri, general-leytenant Bahodir Qurbonov “Langar” mahallasida bo’lib, dastur doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Mudofaa ishlari vaziriga tuman hokimi Ilyosbek Novikov va sektor rahbarlari, tegishli idora-tashkilot rahbarlari hamrohlik qildilar.


Mudofaa ishlari vaziri Bahodir Qurbonovning ilk manzili mahalla hududidagi “Uniform plus” mas'uliyati cheklangan jamiyati bo’ldi. Ushbu korxonada maxsus kiyimlar tikiladi va 40 nafardan ziyod “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”dagi xotin-qizlar mehnat qilishadi.

Bahodir Qurbonov tikuvchi opa-singillarimizning ish faoliyatlari bilan tanishib, ular bilan samimiy suhbatlashdi.

Mahalladagi ehtiyojmand oilalarni qo’llab-quvvatlash orqali, ularning turmush darajasini ko’tarishga ham erishilmoqda. “Langar” mahallasidagi 7 ta ehtyojmand oilalarni qo’llab-quvvatlash maqsadida tuman hokimligi, 3-sektor rahbari va mahalla hamkorligida xomiylar jalb qilinib, ularning uylari ta'mirlandi.

Prezidentimiz–Qurolli Kuchlarimizning Oliy Bosh qo’mondoni Shavkat Mirziyoyev ehtiyojmandlarni kambag’allik darajasidan chiqarishdek olijanob harakatda askarlarning ishtirokini ta'minlash xalq bilan armiya birligining o’ziga xos namunasi bo’la olishini ilgari surdilar. Bu ezgu harakat birgina “Langar” mahallasidagi 7 ta xonadon misolida qisqa davr ichida o’zini namoyon eta oldi. 

Mudofaa ishlari vaziri Bahodir Qurbonov ana shu xonadonlarda askarlar tomonidan amalga oshirilgan qurilish-ta'mir ishlarini birma-bir ko’zdan kechirish maqsadida “Langar” mahallasida yashovchi Fotima Ashurovaning xonadonida bo’ldi. Xonadon bekasi Fotimaxon Ashurovaning turmush o’rtog’i vafot etgan, uch nafar farzandi bor. Mahallaning “Temir daftar”ida turuvchi ushbu oilaning xonadoni ta'mirtalab edi. Bu yerga safarbar etilgan askarlar Fotimaxon va mahalladoshlari joniga oro kirdilar. Ushbu oilaning ko’cha devorlari urib berildi. Xovli sahniga ShPS yotqizildi, suvoqqa muhtoj devorlar suvaldi, yashayotgan uyi ta'mirdan chiqarilib, o’choq va tandirxona qurildi.

Qurilish-ta'mir ishlariga kirishib ketgan askarlar mahalladagi rejalashtirilgan ishlarni poyoniga yetkazmoqdalar.

Mudofaa ishlari vaziri, general-leytenant Bahodir Qurbonov Fotima Ashurovaning xonadonida olib borilgan ishlar va bu oilaning yashash sharoitini o’rgandi.

– Oilamizga har tomonlama yordam ko’rsatilgani uchun endi “Temir daftar”da qolishimizga ham hojat qolmadi, – deydi xonadonida bajarilgan ishlardan ko’ngli to’lib, to’lqinlangan Fotimaxon. – Uy-joylarimiz ta'mirlanib, ko’ngillarimiz ko’tarildi. Davlatimiz eng yaqin jigarlarimizdan ham ziyoda mehribonlik qildi. Avvalo Prezidentimizdan, hokimimizdan, sektor rahbaridan, bizning og’irimizni yengil qilgan askar yigitlardan juda minnatdormiz.

Mahallada obodlik yo’lida olib borilayotgan ishlarda askarlarning ishtirokidan, odamlarning kayfiyatidan, ularni rozi qilish borasida sektorlar rahbarlarining intilishlaridan vazirni ko’ngli to’ldi. 

 Ushbu mahalladagi 8-DTMga 480 million so’m mablag’ sarflanib 90 o’rinli yangi tipdagi guruh tashkil etildi. Guruh tashkil etilishi evaziga 6 ta yangi ish o’rni yaratildi. Ishga qabul qilingan opa-singillarimizning 3 nafari “Temir daftar” va “Ayollar daftarida”gilarni tashkil qiladi.



Mudofaa ishlari vaziri ushbu muassasada ham bo’ldi. Yangi guruhda bolajonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Bolajonlar ham o’z navbatida badiiy chiqishlarini namoyish etishdi. Yuragida vatan tuyg’usi mavj urgan bolajonlar Mudofaa ishlari vaziri, general-leytenant Bahodir Qurbonovni yonida o’zlarini huddi askarlardek tutdilar. Kelajagimiz egalari bo’lgan bolajonlarimizning har bir chiqishlari mehmonlarda iliq taassurot qoldirdi. 

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram