Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 69 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TADBIRLAR DAVOM ETMOQDA

×

 2021-05-16 18:01:26    94

PDF yuklash
Chop etish



Farg’ona viloyati hokimining “Onalarga ehtirom” festivalini yuqori saviyada o’tkazish to’g’risidagi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Qo’shtepa tumanida bir qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ana shunday tadbirlar mahallalar kesimida bo’lib o’tmoqda.

Bugun Sohibkor mahalla fuqarolar yig’inida “Onalarga ehtirom” festivalining mahalla bosqichi o’tkazildi.


Ko’tarinki ruhda va bayramon kayfiyatda o’tkazilgan tadbirda tuman hokimining maslahatchisi M.Mo’ydinova hamda mahalla faollari, keksa onaxonlar, mehnat faxriylari ishtirok etdilar. 33- maktab o’quvchilari tomonidan onalarga atab she'rlar aytildi.

Tuman madaniyat markazi xushovoz xonandasi Sh.Tojiboyev tomonidan ijro etilgan qo’shiqlar kechaga o’zgacha zavq bag’ishladi.


Tadbir doirasida turli nominatsiyalar bo’yicha g’oliblar aniqlanib, ularga xomiylar tomonidan esdalik sovg’alari berildi.


Tadbirdan so’ng festival Nizomi asosida mahalladagi “Eng ma'rifatli farzandlar onasi” nominatsiyasi bo’yicha J.Qurbonova va “Eng yaxshi qishloq xo’jaligi xodimi tarbiyalagan ona” nominatsiyasi bo’yicha M.Sobirovalar xonadoniga kirildi. Ularga mahalla fuqarolar yig’inining esdalik sovg’alari va tashakkurnomalari topshirildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram