Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
1-SEKTOR XABARLARI: TUMAN HOKIMI HUDUDLARDA
2021-05-05 20:53:06 173
Qo’shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov kunlik ish rejasiga asosan bugun qizil hududdagi Langar mahalla fuqarolar yig’inida bo’ldi. Tuman hokimi mahallani qizil hududdan chiqarish uchun tuzilgan ishchi guruh faoliyati bilan tanishdi. Kelgusidagi muhim vazifalar yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.
Tuman Xalq ta'limi bo’limiga qarashli 1-ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida bo’lgan tumun rahbari o’quv jarayonlari va qo’shimcha fan to’garaklari faoliyati bilan tanishdi. Ta'lim muassasalari bitiruvchilarini oliy ta'limga kirish ko’rsatkichlarini yaxshilash maqsadida o’quvchilarni qiziqishlariga asosan qo’shimcha dars mashg’ulotlari tashkil etish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.
Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentligi sayloviga munosib tayyorgarlik ko’rish yuzasidan sektor hududidagi saylov uchastkalarida amalga oshirilayotgan ishlar ham o’rganildi. Tuman hokimi tomonidan saylov uchastkalarida olib borilgan xatlov natijalarida aniqlangan muammo va kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.
Tuman hokimi bog’cha yoshidagi bolalarni bog’chaga qamrovini ko’paytirish maqsadida Xo’jaqishloq mahalla fuqarolar yig’inida bo’ldi. Mahalla hududida joylashgan bo’sh turgan binoda 40-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotining filialini tashkil etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o’rganildi. Tuman rahbari tomonidan muassasada olib borilayotgan tayyorgarlik ishlarini qisqa muddatlarda yakunlash hamda “1 iyun Xalqaro bolalar kuni” arafasida foydalanishga qabul qilish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilash bo’yicha mas'ul rahbarlarga ko’rsatmalar berildi.
I.Novikov aholini arzon va sifatli oziq-ovqat, qishloq xo’jaligi mahsulotlari bilan ta'minlash maqsadida Marg’ilon-Yozyovon yo’lining Paxtakor mahalla fuqarolar yig’ini hududidan o’tuvchi qismida “Ecobozor” tashkil etish istagida bo’lgan loyiha tashabbuskorlari bilan uchrashdi. Tadbirkorlarga belgilangan tartibda “Ecobozor”lar tashkil etish hamda aholiga arzon va sifatli oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berish yuzasidan tegishli takliflar berildi.
Tumanda xotin-qizlarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash hamda ularni bandligini ta'minlash yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. 2-sektor hududidagi O’qchi mahalla fuqarolar yig’inida “Ayollar daftari”ga uy-joylarini ta'mirlashga muhtoj ayollar sifatida ro’yxatga olingan 1-guruh nogironlari F.Mamadaliyeva hamda Balandmasjid mahalla fuqarolar yig’ini hududida istiqomat qiluvchi M.Usmonovalar holidan xabar olindi. Tuman hokimi joylarda faollar bilan suhbatlashib, ushbu xonadonlarni xomiylik yordamida ta'mirlash bo’yicha o’zining takliflarini berdi.
Tumanda faoliyat ko’rsatib kelayotgan fermer xo’jaliklari tomonidan 2021 yil hosili uchun ekilgan paxta va g’alla maydonlarida olib borilayotgan agrotexnik tadbirlarni bajarilishi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o’rganildi. Tuman hokimi tomonidan mas'ul korxona va tashkilot rahbarlariga 2021 yil hosili uchun ekilgan paxta va g’alla maydonlarida agrotexnik tadbirlarni uyushqoqlik bilan o’tkazish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi. Shuningdek, joylarda mexanizatorlarga yaratilgan shart-sharoitlar ham o’rganilib, paxta maydonlarida mehnat qilayotgan mexanizatorlarga issiq ovqat hamda madaniy dam olishlari uchun qulay sharoitlar yaratish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.
Shuningdek, tuman rahbari ipak qurti parvarishlanayotgan xonadonlarda bo’lib, tumanda pillachilik sohasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan mutasaddi rahbarlarga tegishli ko’rsatmalar berildi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.