Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
JAMOATCHILIK NAZORATINI OLIB BORISH KERAKLIGI TA'KIDLANDI
2021-05-05 16:28:14 166
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati a'zolari ishtirokida joylarda uchrashuvlar o’tkazilmoqda. Shu munosabat bilan O’zbekiston Respublikasi Senati a'zosi I.Sultonov va Yuksalish umummilliy harakati Farg’ona viloyati hududiy bo’linmasi boshlig’i D.Kasimovalar bugun Qo’shtepa tumanida bo’ldilar.
I.Sultonov va D.Kasimovalar ishtirokida tuman hokimligining majlislar zalida yig’ilish bo’lib o’tdi.
Yig’ilishni tuman hokimi I.Novikov olib bordi.
Tadbirda tuman hokimi o’rinbosarlari, sektor rahbarlari, tuman Kengashi deputatlari, tegishli korxona, tashkilot rahbarlari va ommaviy axborot vositasi vakillari ishtirok etdilar.
Yig’ilish kun tartibida 3 ta masala:
“O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 aprel, PQ-5072-sonli Qarori bilan tuman (shahar)lar byudjetlari mablag’larini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarga yo’naltirish ustidan nazoratni tashkil etish”,
“Uy-joy qurilishi va ipoteka bozorini rivojlantirishga doir ustuvor vazifalarning amalga oshirilishi ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini o’rnatish hamda “Xalqparvar” komissiyasi faoliyatini tashkil etish”,
“Mintaqaviy yo’llarni rivojlantirish uchun yoqilg’i birligidan undiriladigan maxsus yig’imni belgilash, uni to’lash va hisobini yuritish tartibi to’g’risida”gi Kengash qarori ijrosini tashkil etish” ko’rib chiqildi.
Kun tartibidagi 1-masala yuzasidan tuman Moliya bo’limi mudiri o’rinbosari Z.Mo’minov, 2-masala yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Senati a'zosi I.Sultonovlar so’zga chiqdilar.
3-masala yuzasidan tuman hokimi I.Novikov so’z olib, mintaqaviy yo’llarni rivojlantirish uchun yoqilg’i birligidan undiriladigan maxsus yig’imni belgilash, uni to’lash va hisobini yuritish tartibi to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining Qarori loyihasi ishlab chiqilgan. Qaror loyihasiga ko’ra Mintaqaviy yo’llarni rivojlantirish uchun yoqilg’i birligidan undiriladigan maxsus yig’imni belgilash, uni to’lash va hisobini yuritish tartibi to’g’risidagi 6 bob dan iborat namunaviy nizom ishlab chiqilib amalga oshiriladigan ishlar nizomda batafsil ko’rsatib o’tilganligini ta'kidladi.
– O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining Qarorida ko’rsatib o’tilganidek, – deydi I.Novikov. – Hududiy jamg’armalar mablag’larining belgilangan maqsadlarda va samarali foydalanilishi ustidan nazorat qilib borish O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti va uning hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshirilishi ko’rsatilgan. Demak, yuqoridagi masalalar yuzasidan jamoatchilik nazoratini olib borishimiz kerak.
Yig’ilish davomida kun tartibidagi masalalar yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari o’zlarining fikr va mulohazalarini bildirdilar.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.