Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 102 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SENAT RAISI QO’SHTEPALIK YOSHLAR BILAN UCHRASHDI

×

 2021-04-29 15:48:49    96

PDF yuklash
Chop etish



Tumanimizda bo’lgan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva “Boboqum” mahallasidagi yangi o’zlashtirilgan yerlardan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar uchun ajratilgan yer maydonlari va u yerdagi ish jarayonlari bilan ham tanishdi.

Tumanimizning cho’l hududi hisoblangan “Boboqum”dagi yer maydonlari o’zlashtirilib, hozirda cho’l bag’rida kooperatsiya  tashkil etilgan.


«Abdulhamid Abdurashid fayzi» MChJga qarashli kooperatsiyasidagi 7,2 gektar yer maydoni 24 nafar «Yoshlar daftari»ga kiritilgan yoshlarga 30 sotixdan ajratib berilgan.


Hozirda shijoatkor yoshlar bu yerlarga tarvuz va qovun ekkanlar. Senat raisi mazkur dala maydonida bo’lib yoshlar bilan suhbatlashib, ularning kelajakdagi rejalari bilan qiziqdi.

Senat Raisi Tanzila Narbayeva “Fergana Global Textile” MChJ paxta to’qimachilik klasterida bo’lib bu yerda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar va yoshlar bilan suhbatlashdi.

Shuningdek, “Langar” MFYda joylashgan “Yuniform partner” MChJda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz ayollarni ishga joylashtirish jarayonlari bilan ham tanishdi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram