Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 106 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SENAT RAISI TANZILA NARBAYEVA “ISTIQBOL” MAHALLASIDA

×

 2021-04-29 15:06:36    108

PDF yuklash
Chop etish



Viloyatimizda bo’lib turgan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva dastlab Qo’shtepa tumaniga tashrif buyurdi. Senati Raisining ilk manzili “Istiqbol” mahallasi bo’ldi.

Tanzila Narbayeva tumanimizning eng chekka hududi hisoblangan “Istiqbol” mahalla fuqarolar yig’inida bo’lib, aholi bilan bevosita muloqot qildi. Ularni o’ylantirayotgan muammolar, Mahalla fuqarolar yig’inida «mahallabay» ishlash, “Ayollar daftari”ga kiritilgan ayollarga ko’rsatilgan tibbiy, moddiy va ma'naviy ko’mak, ularni bandligini ta'minlash borasida olib borilayotgan ishlarni o’rgandi.

Saodatxon Umarova, Matlubaxon Mirzayeva va Ma'muraxon Turg’unovalar xonadonida bo’lib, ularni “ayollar daftari”dan chiqarish borasida qilingan ishlar bilan tanishdi.

“Ayollar daftari”ga kiritilgan bu ayollarga tuman hokimligi tomonidan subsidiyalar asosida issiqxonalar qurib berildi. Karantin davrida “Saxovat va ko’mak” jamg’armasi tomonidan muntazam ravishda moddiy va ma'naviy ko’mak ko’rsatildi. Uy-joylari ta'mirlandi.

Hozirda bandligi ta'minlangan ayollarimiz issiqxonalarda bulg’orqalampir, bodring kabi poliz ekinlari yetishtirmoqda. 


Tuman hokimligining tashabbusi bilan bir necha yillardan buyon foydalanilmay kelingan noturar bino tadbirkor tomonidan qayta rekonstruktsiya qilinib o’nlab muhtoj va ko’p bolali oilalarga topshirilmoqda.

Tanzila Narbayeva ushbu ob'ektda bo’lib, foydalanishga topshirilayotgan xonadonlarda bo’ldi. 3 nafar “Ayollar daftari”da bo’lgan ayollarga yangi uylarning kalitlarini tantanali ravishda topshirdi.


Hayotdan rozi bo’lgan qo’shtepalik ayollar Tanzila Narbayevaga Shukronalik dil izhorlari tushirilgan Tashakkurnoma topshirdilar.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram