Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TOMORQA XO’JALIGI TO’G’RISIDA QONUN QABUL QILINDI
2021-04-26 20:23:11 291
Joriy yilning 1 aprelida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Tomorqa xo’jaligi to’g’risida”gi Qonun imzolandi.
Qonunning maqsadi
Tomorqa xo’jaliklarini yuritishni tashkil etish va ularni rivojlantirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Qonunning mazmun-mohiyati
Tomorqa xo’jaligi – shaxsiy tomorqa yerlarda qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ham erkin savdo uchun, ham oila ehtiyojlari uchun yetishtirish bilan bog’liq mehnat faoliyati.
Tomorqa xo’jaligi tadbirkorlik faoliyati hisoblanmaydi va uni ro’yxatdan o’tkazish talab etilmaydi.
Tomorqa xo’jaligini yuritish uchun ajratilgan shaxsiy tomorqa yer uchastkasida yetishtirilgan (qayta ishlangan) qishloq xo’jaligi mahsulotlari xususiy mulkdir.
Tomorqa xo’jaligidagi faoliyat shaxsiy tomorqa yer uchastkasi egasining
va oila a'zolarining shaxsiy mehnatiga asoslanadi.
Tomorqa xo’jaligi quyidagi yerlarda amalga oshirilishi mumkin:
meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida qishloq xo’jaligi uchun yerlar, o’rmon fondi yerlari hamda aholi punklari yerlaridan berilgan yerlar;
meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun berilgan yerlar.
Meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida berilgan yer uchastkalari yoki ularning bir qismi umrbod egalik qilish huquqi saqlab qolingan holda vaqtincha foydalanishga topshirilishi mumkin.
Maydoni kamida 0,04 gektar bo’lgan shaxsiy tomorqa yer uchastkasida band bo’lgan yoki mazkur maydonda shoxli qoramol yoxud kamida 50 bosh parranda boqayotgan shaxsiy tomorqa yer uchastkasining egasi yoki uning oila a'zolari ijtimoiy soliq to’lashi mumkin.
Tomorqa xo’jaliklarining hisobi fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari tomonidan Tomorqa xo’jaliklarini hisobga olish reestrini shakllantirish orqali yuritiladi.
Qo’shtepa tuman adliya bo’limi.