Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 9 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

#TASHRIF

×

 2021-04-26 20:09:55    98

PDF yuklash
Chop etish



Avval xabar berganimizdek, Navoiy viloyatida bo’lib o’tgan sportning basketbol turi bo’yicha ayollar o’rtasidagi O’zbekiston chempionati 1-liga bahslarining final bosqichida viloyatimiz sha'nini Qo’shtepa tumanidagi 15-umumiy o’rta ta'lim maktabining o’quvchilaridan tashkil topgan jamoa a'zolari himoya qildilar. Final bahsida qizlarimizning qo’li baland kelib faxrli 1-o’rinni egallab O’zbekiston chempionligini qo’lga kiritdilar.

Chempion qizlarimiz musobaqani yakunlab maktabga qaytdilar. Ular ayni damda o’qishni davom ettirib, sport mashg’ulotlari bilan ham shug’ullanmoqdalar. 


Bugun chempion qizlarni ushbu yutuqlari bilan tabriklash uchun tuman hokimi I.Novikov va Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi boshlig’i M.G’aniyevlar 15- umumiy o’rta ta'lim maktabiga tashrif buyurdilar.


Ular sportchi qizlarimiz bilan uchrashib, suhbat o’tkazishdi. Uchrashuv davomida sportchilarga sport kiyimlari va  esdalik sovg’alari topshirildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram