Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
1-SEKTOR XABARLARI: TUMAN HOKIMI HUDUDLARDA
2021-04-17 21:31:45 179
Qo’shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov bugun qizil hududdagi Do’rmon mahalla fuqarolar yig’inida bo’ldi. Ishchi guruh tomonidan hududda o’tkazilayotgan o’rganishlar natijasida aniqlangan muammolarni ijobiy hal etish, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda obodonlashtirish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar o’rganildi. Tuman hokimi tomonidan amalga oshirilgan ishlar bilan bir qatorda yo’l qo’yilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish hamda kelgusidagi muhim vazifalar yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.
I.Novikov 10-umumta'lim maktabida bo’lib, o’quv jarayonlari va qo’shimcha fan to’garaklari faoliyati bilan tanishdi. Ta'lim muassasalari bitiruvchilarini oliy ta'limga kirish ko’rsatkichlarini yaxshilash maqsadida o’quvchilarni qiziqishlariga asosan qo’shimcha dars mashg’ulotlari tashkil etish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.
Tuman rahbari tibbiyot birlashmasiga qarashli Do’rmon shifokorlar uyida bo’lib, muassasada aholiga yaratilgan shart-sharoitlar, tibbiy xizmat ko’rsatish sifati hamda ijtimoiy dorixona faoliyati bilan tanishdi. Muassasada aholiga tibbiy xizmat ko’rsatish sifatini yanada oshirish yuzasidan mas'ul tashkilot rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi.
Do’rmon mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi bo’sh turgan bino-inshootlar o’rnida xususiy sherikchilik asosida maktabgacha ta'lim tashkiloti tashkil etish yuzasidan olib borilayotgan qurilish ishlari ham tuman hokimi tomonidan o’rganilib, qurilish ishlarini qisqa muddatlarda yakunlash hamda foydalanishga topshirish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.
Tuman hokimi Marg’ilon shahar hokimi A.Ziyavitdinov hamda mas'ul tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda tumandagi “A.Yassaviy Loyson” MMTPga qarashli Marg’ilon chegarasida joylashgan bog’dorchilik fermer xo’jaliklari yer maydonlarida bo’lib, viloyat hokimi X.Bozarov rahbarligida o’tkazilgan hokimlik soatida berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash maqsadida Marg’ilon shahri va Qo’shtepa tumani uchun yangi tashkil etiladigan “Kichik sanoat zonalari"ni joylashtirish maqsadida yer maydonlarini ko’rib chiqdilar.
Shuningdek, tumanda faoliyat ko’rsatib kelayotgan fermer xo’jaliklari tomonidan 2021 yil hosili uchun ekilgan g’alla maydonlarida olib borilayotgan agrotexnik tadbirlarni bajarilishi hamda chigit ekish ishlarini belgilangan muddatlarda sifatli o’tkazilishini ta'minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o’rganildi. Tuman hokimi tomonidan mas'ul korxona va tashkilot rahbarlariga chigit ekish mavsumini uyushqoqlik bilan o’tkazish hamda g’alla parvarishi bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlarni tizimli tashkil etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.