Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 26 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QONUNCHILIKDAGI YANGILIK

×

 2021-04-16 12:40:34    212

PDF yuklash
Chop etish


O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 13 mart kungi “Davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligini yanada oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 134-son qarori qabul qilindi.

        Ushbu qaror bilan Davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligi darajasini oshirish va baholash tartibi to’g’risida Nizom tasdiqlandi.

        Qaror - O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida» 2020 yil 19 maydagi PF-5997-son hamda «Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida» 2021 yil 10 fevraldagi PF-6166-son farmonlari ijrosi yuzasidan, shuningdek davlat boshqaruvi organlari va barcha darajalardagi hokimliklar xodimlarining huquqiy savodxonlik darajasini doimiy ravishda monitoring qilish hamda baholashni joriy etish maqsadida qabul qilingan.

Baholashning maqsadi — davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligi darajasini aniqlash, ularning o’z faoliyatida zarur bo’ladigan huquqiy bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishlarini ta'minlash hamda ularda yuksak huquqiy madaniyatni shakllantirishdan iborat.

Baholashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

davlat tashkilotlari xodimlarining amaldagi qonunchilik hujjatlari, shuningdek qonunchilikdagi so’nggi o’zgarishlardan xabardorligi darajasini aniqlash va bu boradagi bilimlarini muntazam oshirib borish;

davlat tashkilotlari xodimlari tomonidan o’z faoliyatida fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlariga rioya qilinishini ta'minlash;

davlat tashkilotlari xodimlari tomonidan noqonuniy qarorlar qabul qilinishi, shuningdek huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish;

davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonlik darajasini baholash orqali uning natijalarini doimiy ravishda monitoring qilib borish.

 



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram