Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 18 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

1-SEKTOR XABARLARI: TUMAN HOKIMI HUDUDLARDA

×

 2021-04-13 16:53:28    140

PDF yuklash
Chop etish



Qo’shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov 8-sonli maktabgacha ta'lim tashkiloti filialida bo’lib, muassasada bolajonlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. Tuman hokimi tomonidan muassasada sanitariya gigiyeniya qoidalariga amal qilish hamda oziq-ovqat mahsulotlari sifatiga alohida e'tibor qaratish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.


20-umumta'lim maktabida bo’lgan tuman rahbari o’quv jarayonlari va qo’shimcha fan to’garaklari faoliyati bilan tanishdi. Ta'lim muassasalari bitiruvchilarini oliy ta'limga kirish ko’rsatkichlarini yaxshilash maqsadida o’quvchilarni qiziqishlariga asosan qo’shimcha dars mashg’ulotlari tashkil etish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.


Tuman hokimi qizil hududdagi Langar mahalla fuqarolar yig’inida bo’lib, “Mahallabay” tizimi asosida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda aholi muammolarini aniqlash maqsadida tashkil etilgan ishchi guruh faoliyati bilan tanishdi. Mahallada obodonlashtirish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar o’rganildi. Yo’l qo’yilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish hamda kelgusidagi muhim vazifalar yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.


Shuningdek, I.Novikov Langar mahalla fuqarolar yig’ini hududida faoliyat ko’rsatib kelayotgan “Uniforum plyus” mas'uliyati cheklangan jamiyatida ham bo’ldi. Korxonada ishlab chiqarilayotgan tirkotaj mahsulotlari sifatini yanada yaxshilash, eksportni yo’lga qo’yish hamda ishlab chiqarish xajmini oshirish yuzasidan korxona rahbariga o’z takliflarini berdi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram