Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
HOKIM QABULI O’TKAZILDI
2021-04-13 15:03:17 261
Qo’shtepa tumani hokimi I.Novikov ishtirokida bo’lib o’tgan navbatdagi fuqarolar qabulida hokim o’rinbosarlari, tuman Xalq qabulxonasi mudiri R.Abdullayev hamda aloqador idora va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.
Unda 90 nafardan ziyod jismoniy va yuridik shaxslar bevosita tuman hokimiga murojaat qildilar. Qabulda hokim fuqarolar bilan yuzma-yuz suhbatlashib, murojaatlarini birma-bir tingladi.
Ochiq va samimiy muloqot tarzida kechgan qabulda murojaatlarning aksariyati uy-joy, moddiy yordam, bandlik, kredit olishga ko’maklashish, tadbirkorlik va shu kabi boshqa kabi muammolarga oid bo’ldi.
Qabul davomida tuman hokimiga qilingan murojaatlarni belgilangan muddatlarda o’rganib, chora ko’rish uchun tegishli tashkilot va idoralarga yuborilib, ijrosi nazoratga olindi.
Qabulda bazi fuqarolar o’zlarini qiziqtirgan savollarga joyida javoblar olishdi. Joylarda uchrayotgan ayrim muammolar atroflicha muhokama qilinib, tegishli mutasaddi tashkilot rahbarlariga aniq vazifalar yuklatildi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.