Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TADBIRKORLAR BILAN QABUL O’TKAZILDI
2021-04-12 14:56:00 143
Tumanning iqtisodiy o’sishi ko’p jihatdan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojiga bog’liq. Haftaning har dushanba kuni tumanimizdagi O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining tadbirkorlar murojaatlarini ko’rib chiqish qabulxonasida tashkil etib kelinayotgan “Tadbirkorlar qabuli” xususiy sektor vakillarini har jihatdan qo’llab-quvvatlash, ular faoliyatida yuzaga kelayotgan muammo va to’siqlarni tezkor bartaraf qilish imkonini bermoqda.
Tuman hokimi I.Novikov tomonidan o’tkazilgan bugungi qabulida ham 14 nafar tadbirkorlarning murojaatlari, taklif va tashabbuslari atroflicha o’rganildi.
Qabulda har bir tadbirkorning murojaatlari tuman hokimi tomonidan eshitildi. Murojaatlarning aksariyatini joyida hal etilishiga e'tibor qaratildi. Muddat talab etuvchi murojaatlar ijrosi nazoratga olinib, huquqiy maslahatlar berildi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.