Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 40 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TADBIRKORLAR BILAN QABUL O’TKAZILDI

×

 2021-04-12 14:56:00    81

PDF yuklash
Chop etish



Tumanning iqtisodiy o’sishi ko’p jihatdan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojiga bog’liq. Haftaning har dushanba kuni tumanimizdagi O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining tadbirkorlar murojaatlarini ko’rib chiqish qabulxonasida tashkil etib kelinayotgan “Tadbirkorlar qabuli” xususiy sektor vakillarini har jihatdan qo’llab-quvvatlash, ular faoliyatida yuzaga kelayotgan muammo va to’siqlarni tezkor bartaraf qilish imkonini bermoqda.


Tuman hokimi I.Novikov tomonidan o’tkazilgan bugungi qabulida ham 14 nafar tadbirkorlarning murojaatlari, taklif va tashabbuslari atroflicha o’rganildi.


Qabulda har bir tadbirkorning murojaatlari tuman hokimi tomonidan eshitildi. Murojaatlarning aksariyatini joyida hal etilishiga e'tibor qaratildi. Muddat talab etuvchi murojaatlar ijrosi nazoratga olinib, huquqiy maslahatlar berildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram