Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
FOYDALI MULOQOT, QIZG’IN FIKRLASHUV
2021-04-04 17:43:22 190
Siyosiy partiyaning dasturiy g’oya va maqsadlarini ro’yobga chiqarishda deputatlarning tashabbuskorligi, saylovchilar oldidagi burch va mas'uliyatini chuqur anglab ishlashi, aniq natijalarga erishishi muhim o’rin tutadi. Elektorat bilan tez-tez uchrashib, yuzma-yuz muloqotlarda ular bilan fikrlashish, fuqarolarning murojaatlari, takliflarini o’rganish hududlardagi ijtimoiy hayotning muhim masalalarini aniqlashga yordam beradi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylangan deputat Sh.Raximov hamda xalq deputatlari Qo’shtepa tuman Kengashi deputatligiga Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati O’zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan depuatlar ishtirokida Qo’shtepa tumanining Istiqbol, Kattabeshkapa, Paxtakor, Yangiariq, Do’rmon mahalla fuqarolar yig’inlarida istiqomat qilayotgan saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuvlari ham ana shunday foydali muloqot, qizg’in fikrlashuv tarzida bo’lib o’tdi.
Muloqot chog’ida saylovchilar o’zlarini o’ylantirayotgan masalalarni ham o’rtaga tashlab, takliflarini bayon etishdi. Xalq bilan muloqotlar chog’ida sayyor qabullar ham o’tkazilib, 22 nafar fuqarolardan 29 ta masalalar kelib tushdi.
Yuqoridagi murojaatlarning 2 tasi ta'lim, 3 tasi sog’liqni saqlash, 2 tasi bank-kredit, 3 tasi transport va yo’l qurilish va 19 tasi boshqa sohalarga oid masalalarni tashkil qiladi.
Shundan, tuman darajasidagi 24 ta masalalar tuman tashkilotlari tomonidan nazoratga olinib, 2 tasi viloyat va 3 tasi respublikaga deputatlik so’rovlari orqali yuborildi.
Arabjon QODIROV,
Xalq deputatlari Qo’shtepa tuman Kengashi kotibiyati mudiri.