Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 63 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

FOYDALI MULOQOT, QIZG’IN FIKRLASHUV

×

 2021-04-04 17:43:22    112

PDF yuklash
Chop etish



Siyosiy partiyaning dasturiy g’oya va maqsadlarini ro’yobga chiqarishda deputatlarning tashabbuskorligi, saylovchilar oldidagi burch va mas'uliyatini chuqur anglab ishlashi, aniq natijalarga erishishi muhim o’rin tutadi. Elektorat bilan tez-tez uchrashib, yuzma-yuz muloqotlarda ular bilan fikrlashish, fuqarolarning murojaatlari, takliflarini o’rganish hududlardagi ijtimoiy hayotning muhim masalalarini aniqlashga yordam beradi. 


O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylangan deputat Sh.Raximov hamda xalq deputatlari Qo’shtepa tuman Kengashi deputatligiga Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati O’zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan depuatlar ishtirokida Qo’shtepa tumanining Istiqbol, Kattabeshkapa, Paxtakor, Yangiariq, Do’rmon mahalla fuqarolar yig’inlarida istiqomat qilayotgan saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuvlari ham ana shunday foydali muloqot, qizg’in fikrlashuv tarzida bo’lib o’tdi.


Muloqot chog’ida saylovchilar o’zlarini o’ylantirayotgan masalalarni ham o’rtaga tashlab, takliflarini bayon etishdi. Xalq bilan muloqotlar chog’ida sayyor qabullar ham o’tkazilib, 22 nafar fuqarolardan 29 ta masalalar kelib tushdi.

Yuqoridagi murojaatlarning 2 tasi ta'lim, 3 tasi sog’liqni saqlash, 2 tasi bank-kredit, 3 tasi transport va yo’l qurilish va 19 tasi boshqa sohalarga oid masalalarni tashkil qiladi.

Shundan, tuman darajasidagi 24 ta masalalar tuman tashkilotlari tomonidan nazoratga olinib, 2 tasi viloyat va 3 tasi respublikaga deputatlik so’rovlari orqali yuborildi.

Arabjon QODIROV,

Xalq deputatlari Qo’shtepa tuman Kengashi kotibiyati mudiri.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram