Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
SEMINAR-TRENINGDA “MAHALLABAY” ISHLASH TIZIMINING MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILMOQDA
2021-02-06 13:59:44 179
Viloyatimizda “mahallabay” ishlash tizimini tashkil etish hamda mahallalarni iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish bo’yicha Davlat boshqaruvi akademiyasi tomonidan qisqa muddatli seminar-treninglar o’tkazilmoqda.
Bugun Qo’shtepa tumanida Davlat boshqaruv akademiyasining mahalla fuqarolar yig’inlari raislari hamda o’rinbosarlari uchun «mahalla raisi – islohatchi» tamoyili va «mahallabay» ishlash tizimi bo’yicha o’quv seminari tashkil etildi. Tadbirda 51 ta mahalla fuqarolar yig’ini raislari va ularning o’rinbosarlari, sektor vakillari hamda tumandagi iqtisodiy kompleks vakillari ishtirok etmoqdalar.
Seminarda Prezidentning davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo’yicha maslahatchisining o’rinbosari – O’zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori Adham Bekmurodov ham ishtirok etdi.
Seminar-trening davomida mahalla raislari va ularning o’rinbosarlariga “mahallabay” ishlash bo’yicha tashkil qilinayotgan yangi tizimning mazmun-mohiyati va unda mahallaning o’rni hamda mas'uliyati to’g’risida batafsil tushuntirish ishlari amalga oshirildi. Jumladan, mahallaning yangicha tartibdagi ishlash tizimi tahlil etilib, “Mahalla raisi – islohotchi”lik funktsiyasi qanday bo’lishi kerakligi to’g’risida ma'lumot berilmoqda.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.