Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 48 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SEMINAR-TRENINGDA “MAHALLABAY” ISHLASH TIZIMINING MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILMOQDA

×

 2021-02-06 13:59:44    107

PDF yuklash
Chop etish


Viloyatimizda “mahallabay” ishlash tizimini tashkil etish hamda mahallalarni iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish bo’yicha Davlat boshqaruvi akademiyasi tomonidan qisqa muddatli seminar-treninglar o’tkazilmoqda.



Bugun Qo’shtepa tumanida Davlat boshqaruv akademiyasining mahalla fuqarolar yig’inlari raislari hamda o’rinbosarlari uchun «mahalla raisi – islohatchi» tamoyili va «mahallabay» ishlash tizimi bo’yicha o’quv seminari tashkil etildi. Tadbirda 51 ta mahalla fuqarolar yig’ini raislari va ularning o’rinbosarlari, sektor vakillari hamda tumandagi iqtisodiy kompleks vakillari ishtirok etmoqdalar.



Seminarda Prezidentning davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo’yicha maslahatchisining o’rinbosari – O’zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori Adham Bekmurodov ham ishtirok etdi.




Seminar-trening davomida mahalla raislari va ularning o’rinbosarlariga “mahallabay” ishlash bo’yicha tashkil qilinayotgan yangi tizimning mazmun-mohiyati va unda mahallaning o’rni hamda mas'uliyati to’g’risida batafsil tushuntirish ishlari amalga oshirildi. Jumladan, mahallaning yangicha tartibdagi ishlash tizimi tahlil etilib, “Mahalla raisi – islohotchi”lik funktsiyasi qanday bo’lishi kerakligi to’g’risida ma'lumot berilmoqda.



Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.

 



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram