Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
AHIL VA MUSTAHKAM OILA — JAMIYAT TAYANCHI
2021-02-01 11:15:15 266
Qo’shtepa tumanidagi “Yoshlar markazida” tuman Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limining tashabbusi bilan nikoh qurish arafasida bo’lgan yoshlar va ibratli oila vakillari ishtirokida “Ahil oila kuni” tabiri bo’lib o’tdi. Tadbirni tuman hokimining xotin-qizlar masalalari bo’yicha maslahatchisi, tuman mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limi boshlig’ining birinchi o’rinbosari B.Mo’minova olib bordi.
Shuningdek, tabirda tuman bosh imom xatibi yordamchisi A.Orifxo’jayev, tuman bosh otinoyisi M.O’rmonova, Yo’ldoshobod va Sohibkor mahalla fuqarolar yig’inlarining rasmiy otinoyilari, tuman tibbiyot birlashmasi Salomatlik markazi rahbari A.Siddiqovlar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida ahil va mustahkam oila — jamiyat tayanchi ekanligi, islom dinida oila va nikoh masalalari va tibbiyot yo’nalishida maslahatlar berilib, ishtirokchilarning hayotiy tajribalaridan pandu nasixatlar qilindi. Ochiq muloqot tarzida o’tgan tadbirda yoshlar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.