Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 46 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

AHIL VA MUSTAHKAM OILA — JAMIYAT TAYANCHI

×

 2021-02-01 11:15:15    160

PDF yuklash
Chop etish


Qo’shtepa tumanidagi “Yoshlar markazida” tuman Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limining tashabbusi bilan nikoh qurish arafasida bo’lgan yoshlar va ibratli oila vakillari ishtirokida “Ahil oila kuni” tabiri bo’lib o’tdi. Tadbirni tuman hokimining xotin-qizlar masalalari bo’yicha maslahatchisi, tuman mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limi boshlig’ining birinchi o’rinbosari B.Mo’minova olib bordi. 

Shuningdek, tabirda tuman bosh imom xatibi yordamchisi A.Orifxo’jayev, tuman bosh otinoyisi M.O’rmonova, Yo’ldoshobod va Sohibkor mahalla fuqarolar yig’inlarining rasmiy otinoyilari, tuman tibbiyot birlashmasi Salomatlik markazi rahbari A.Siddiqovlar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida ahil va mustahkam oila — jamiyat tayanchi ekanligi, islom dinida oila va nikoh masalalari va tibbiyot yo’nalishida maslahatlar berilib, ishtirokchilarning hayotiy tajribalaridan pandu nasixatlar qilindi. Ochiq muloqot tarzida o’tgan tadbirda yoshlar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.