Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
MUROJAAT
2021-01-30 10:09:45 192
Hurmatli fuqarolar!
Siz va yaqinlaringiz bilan yong’in, is gazidan zaharlanish hodisalari sodir bo’lmasligi uchun Qo’shtepa tumani Favqulodda vaziyatlar bo’limi ogohlantiradi!
Xonalarni isitish maqsadida nostandart, qo’lbola ya'ni, temirdan yasalgan hamda elektr isitish pechkalaridan foydalanmang.
Xonadon va ish joyingizdagi isitish moslamalarini nazoratsiz va qarovsiz qoldirmang.
Isitish pechlarining mo’ri (dudbo’ron)larini to’g’ri va mustahkam o’rnatilganligiga ahamiyat qarating ya'ni, pechda yonayotgan gaz, o’tin, ko’mirdan ajralib chiqayotgan gazlarni tashqariga to’liq chiqib ketayotganligiga va mo’rining tashqariga chiqib turgan qismi tepaga qaragan xolda bo’lishiga e'tibor qarating, mo’risi yo’q pechlardan foydalanish fojea sababchisidir.
Xonada gaz hidini sezsangiz chiroqni yoqmang, agarda yoniq bo’lsa o’chirmang, gaz to’lgan xonani shamollating.
Yosh bolalarni uyda nazoratsiz, yolg’iz qoldirmang.
O’zingiz va yaqinlaringizni turli favqulodda vaziyatlardan asrang, e'tiborli bo’ling.