Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
XALQ DEPUTATLARI QO’SHTEPA TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO’LIB O’TDI
2021-01-29 18:25:54 217
Bugun xalq deputatlari Qo’shtepa tuman Kengashining Oltinchi chaqiriq 31-sessiyasi bo’lib o’tdi. Sessiya ishiga tuman hokimi Ilyosbek Novikov raislik qildi.
Deputatlar 4-Qumtepa saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati Saidvali Azimovni sessiya kotibligiga sayladilar.
Sessiyada xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, sektor rahbarlari, tuman hokimining o’rinbosarlari, siyosiy partiyalar rahbarlari, tashkilotlar rahbarlari, mahalla fuqarolar yig’ini raislari va ularning oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma'naviy masalalar bo’yicha o’rinbosarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.
Shuningdek, O’zbekiston Oliy Majlisi Senati a'zosi Ibroxim Sultanov va viloyat boshqarma tashkilotlaridan tegishli vakillar ham sessiyada qatnashdilar.
Sessiya kun tartibi bo’yicha dastlab Jinoyat ishlari bo’yicha tuman sudi raisi Avazjon Ergashev va Fuqarolik ishlari bo’yicha Marg’ilon tumanlararo sudi raisi Jaxongir Rasulovlarning axborotlari tinglandi.
Barchamizga ma'lumki, 2020 yilning 8 oktyabr kuni Muhtaram Prezidentimiz raisligida o’tkazilgan videoselektor yig’ilishida ayollarga ijtimoiy, huquqiy, psixologik yordam berish, kasb o’rganishga ishtiyoqi bo’lgan ishsiz xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlash maqsadida har bir mahalla, tuman va shahar kesimida “Ayollar daftari”ni shakllantirish vazifasi topshirilgan edi.
Ta'kidlash joizki, Qo’shtepa tumanida ham mazkur topshiriq ijrosini ta'minlash maqsadida dastlab ishchi guruhlar tuzilib, barcha mahallalardagi xonadonlar xatlovdan o’tkazildi va so’rovnomalar to’ldirildi. Bugungi kunda so’rovnomalarni elektron bazaga kiritish jarayoni to’liq yakunlangan va “Ayollar daftari” shakllantirilgan.
Tuman hokimining xotin-qizlar masalalari bo’yicha maslahatchisi Barnoxon Muminova bu borada Qo’shtepa tumanida olib borilayotgan ishlar yuzasidan hisobot berdi.
Kun tartibiga 3-masala etib kiritilgan tuman hokimining 2021 yil 16 yanvar kungi Qo’shtepa tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag’allikni qisqartirish masalalari bo’yicha birinchi o’rinbosari - tuman iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish bo’limi boshlig’i Tanikulov Baxtiyor Nuriddinovichni egallab turgan lavozimidan ozod etish to’g’risidagi 13-sonli hamda tuman hokimining 2021 yil 16 yanvar kungi Yunusov Axrorjon Abdinabiyevichni Qo’shtepa tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag’allikni qisqartirish masalalari bo’yicha birinchi o’rinbosari - tuman iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish bo’limi boshlig’i etib tayinlanlash to’g’risidagi 14-sonli qarorlari ham deputatlar tomonidan tasdiqlandi.
Sessiyada “Xalq deputatlari Qo’shtepa tumani Kengashi kotibiyati mutaxassislarini tayinlash haqida”, “Xalq deputatlari Qo’shtepa tumani Kengashi kotibiyatining 2021 yil 1-yarim yillik davr uchun ish rejasi hamda Kengash kotibiyati mutaxassislarining ish taqsimotini tasdiqlash haqida”gi masalalar ham ko’rildi.
Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 yanvardagi “Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-5633-son Farmoni ijrosi yuzasidan 2020 yilda amalga oshirilgan ishlar yakunlari hamda 2021 yilda amalga oshirilishi belgilangan ishlar (tadbirlar), kutilayotgan natijalar to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tumandagi Xalq qabulxonasi mudiri R.Abdullayevning axboroti tinglandi.
Sessiya davomida Qo’shtepa tumanidagi O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko’rib chiqish qabulxonasi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini qo’llab-quvvatlash va himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2019 yil 14 maydagi PF-5718 sonli farmoni ijrosi bo’yicha 2020 yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Qo’shtepa tumanidagi O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining tadbirkorlar murojaatini ko’rib chiqish qabulxonasi mudiri A.Usmonov ham axborot berdi.
Qizg’in bahs va muzokaralarga boy tarzda o’tgan sessiyada davomida xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari va mutasaddi idora rahbarlari o’zlarining taklif va mulohazalarini bildirib o’tishdi.
Sessiyada ko’rilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.