Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 15 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

KITOB - FARZANDLARIMIZ QALBIGA YO’L TOPSIN!

×

 2021-01-15 16:04:03    117

PDF yuklash
Chop etish


Qo’shtepa tumanida “Oilamiz bilan kitob o’qiymiz!” aksiyasi bugun ham davom etmoqda. Arzonlashtirilgan narxlardagi kitoblar ortilgan ko’chma do’konlar ertalabdan tumanimizdagi bir nechta maktablarga yetib keldi.

33-umumiy o’rta ta'lim maktabida tashkil etilgan ushbu aksiyada tuman hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov ham ishtirok etib, “Farg’ona kitob olami” MCHJ tomonidan arzonlashtirilgan narxlarda o’quvchilarga yetkazib berilayotgan kitob savdo yarmarkalari faoliyati bilan tanishdi. Kitobxon o’quvchilar bilan suhbatlashdi.

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Qo’shtepa tuman bo’linmasi,  Xalq ta'limi bo’limi, tuman Axborot kutubxona markazi va boshqa  tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan ushbu aksiya davomida ota-onalar, mahalla faollari, uyushmgan yoshlar, maktab pedagog xodimlari hamda o’quvchi yoshlar faol ishtirok etdilar.

Eng quvonarlisi shundaki, yarmarkaga tashrif buyurgan ota-onalar farzandlari bilan birgalikda savdo rastalaridagi kitoblar bilan tanishdilar va barobar tanlagan kitoblarini xarid qildilar.

O’qituvchilar, ota-onalar va homiylar tomonidan maktabning kutubxonasiga ham kitoblar xarid qilindi. Mana shunday homiylardan biri “G’anijon ota” jome masjidining imom noibi Dilshodjon Qoraboyev maktab kutubxonasiga yarmarkadan kitob harid qilib topshirdi. Shuningdek, maktabdagi kam ta'minlangan oila farzandlariga ham ularning xohshiga ko’ra o’zlari yoqtirgan badiiy kitoblarni olib berdi. 

Ha, kitob - bilim bulog’i, insonning ma'anaviy uyg’onishida kitob muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi tadbirdan shuni xulosa qildimki, farzandlarimiz qalbida kitobga nisbatan mehr-muhabbatni yanada kuchaytirishimiz kerak ekan.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.