Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 12 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

RASMIY MUNOSABAT

×

 2020-12-31 14:38:59    124

PDF yuklash
Chop etish


Joriy yil 20 dekabr kuni “Farg’ona | Kun.uz” saytida  «Ko’chamizga stolba o’rnatilmagan. Elektr tokini o’zimiz tomma-tom tortib kelganmiz»... sarlavhasi ostida tanqidiy murojaat chop etilgan edi.

  Ushbu murojaatda: - «Assalomu alaykum, Kun.uz xodimlari. Qo’shtepa tumani, «Shakar» MFYdan murojaat yo’llamoqdamiz.

Bizning ko’chada 12 yildan buyon simyog’och yo’q. Mahalla ahli hashar yo’li bilan elektr tokini tomma-tom tortib olib kelganmiz. Qishlog’imizdagi mavjud muammoni TET xodimlari va hatto sektor rahbarlari ham bilishadi. Lekin negadir amaliy natija yo’q» - deya shikoyat qilingan.

Ushbu murojaat tuman hokimligi va shu sohaga daxldor mutaxassislar tomonidan Shakar mahalla fuqarolar yig’ini hududiga borib o’rganilganida murojaatchini topish va u bilan suhbat o’tkazishning imkoni bo’lmagan. Chunki murojaatchi o’z murojaatida ismi va familiyasini, yashash manzilini aniq ko’rsatmagan. Shunday bo’lishiga qaramay, tuman hokimligi va shu sohaga daxldor mutaxassislar Xunarmandlar ko’chasida bo’lishib, murojaatchini topishga harakat qilishgan. O’rganish jarayonida murojaatchi aniqlanmaganligi tufayli ushbu muammoni bartaraf etish bo’yicha mahalla faollari bilan suhbat olib borilgan.

Murojaatchi aniqlangach esa, tuman hokimligi sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo’jalik masalalari bo’yicha bosh mutaxassisi A.Abdullayev suhbat o’tkazish va uchrashish maqsadida Shakar MFY Musaffo ko’chasida yashovchi J.Isaqovga bog’langan. Murojaatchi uyida yo’qligi sababli telefon orqali suhbat o’tkazildi.

Suhbat davomida murojaatchiga O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 23 noyabrdagi “2017-2021 yillarda past kuchlanishli elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish va yangi qurilish dasturi to’g’risida”gi PQ-2661-sonli qaroriga asosan, “Farg’ona XETK” AJning davlat dasturiga kiritilib belgilangan tartibda bartaraf etish ishlari amalga oshirilishi haqida tushuntirish berildi.

  Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.