Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 123 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

KO’CHMA DO’KONLAR XIZMATI YO’LGA QO’YILDI

×

 2020-12-30 20:08:44    248

PDF yuklash
Chop etish


Bu yilgi pandemiya sharoitida avvalo oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash, aholining ehtiyojini qondirish eng muhim vazifaga aylandi.

Barchamizga ma'lumki, Yangi yil bayrami arafasida aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan talabi har qachongidan ham oshadi. Shuni inobatga olgan holda sektor rahbarlari va “Dehqon bozori” MCHJ tomonidan maxsus jihozlangan transport vositalari orqali tumanimizning barcha hududlarida arzonlashtirilgan qishloq xo’jalik va oziq-ovqat mahsulotlari savdo yarmarkalari hamda ko’chma do’konlar tashkil etildi.

Shuningdek, “Dehqon bozori”da Yangi yil oldidan narx-navo barqarorligini ta'minlash uchun arzonlashtirilgan go’sht va go’sht mahsulotlari, qishloq xo’jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi tashkil etildi. Unda tumanimizdagi fermerlar, savdo-xarid korxonalari, ishlab chiqaruvchilar o’z mahsulotlarini arzonlashtirilgan narxlarda aholiga taqdim etmoqda. Buning evaziga bozorlarda oziq-ovqat mahsulotlari narxini barqaror saqlashga erishilmoqda.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.